• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Diktatura kushandalari. AQShning Meksika inqilobidagi roli

    Tarixda 1910—1917-yillar Meksikada inqilob yillari sifatida qayd etiladi. Inqilob natijasida Porfirio Dias diktaturasi ag‘darildi va mamlakatning yangi bosh qomusi qabul qilindi. Tarixiy manbalarda mazkur inqilob natijasida 500 mingdan to 2 milliongacha meksikalik jon bergani qayd etilgan. 1910-yilda mamlakatning aholisi 15 million ekanligi hisobga olinsa, 2 million insonning inqilobda vafot etgani katta raqam. “Daryo” Meksika inqilobi va unda AQShning roli haqidagi maqolani e’tiboringizga havola etadi.

    Tarixchilar Meksikadagi inqilobni to‘rt davrga bo‘lishni ma’qul topishadi. Inqilobning birinchi bosqichi sifatida 1910-yilning noyabri va 1911-yilning may oyi olinadi. Bu davrda Meksikada Porfirio Dias diktaturasi ag‘dariladi va hukumatni zodagon boy tabaqa egallaydi, dehqonlar liberal demokratik harakatning o‘zagi sifatida harakat qilishadi.

    Foto: Google Photos

    Inqilobning ikkinchi davrida, ya’ni 1911-yilning may oyidan 1913-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda liberal demokratik kuchlar yetakchilarining ichida murosa qilishning mavjud emasligi Meksikani murakkab davrga kiritib qo‘yadi. Natijada dastlabki inqilobdan keyin hukumat tepasiga kelgan yetakchilar aksilinqilobning qurboniga aylanadi.

    1913-yilning fevral oyi va 1914-yilning iyul oyida Meksikada navbatdagi uchinchi inqilob yuz beradi. Inqilobchilar bu safar birgalikda mavjud muammolarni hal qilishga harakat qiladilar. Hukumatda dehqonlarning hissasi ortib ketadi. Bundan norozi zodagonlar 1914-yilning fevral oyida mamlakat tarixidagi to‘rtinchi inqilobni amalga oshiradi. Bu so‘nggi inqilob esa Meksikaning rivojlanishida hal qiluvchi omilga aylanadi.

    Meksikadagi inqilobning yuzaga kelishida, avvalo, mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatning nosog‘lomligiga e’tiborga olish lozim. 1876-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Porfirio Dias 30 yildan ortiqroq vaqt davomida mamlakatda buyruqbozlik tizimiga asoslangan diktaturani o‘rnatgan bo‘lsa-da, mamlakatda aholining turmush tarzini yengillashtirishga qaratilgan islohotlari amalda o‘z isbotini topmadi. Sanoat rivojlanib, temiryo‘llar qurildi, telegraf liniyalari ishga tushirildi, xorij sarmoyasi mamlakatga oqib keldi, ammo aholi qashshoqlashaverdi, antiklerikal islohotlar ijobiy samara bermadi.

    Shu davrda AQShda hukumat tepasiga Vudro Vilson keldi. AQShning Meksikadagi sarmoyalari 1,5 milliard dollarligi hisobga olinsa, uning Meksikadagi inqilobni chetda tomoshabin sifatida kuzatib tura olmasligi aniq edi.  Shu sababdan AQSh Meksikadagi vaziyatni bir tizginga solish uchun harakat qiladi. Bu davrga kelib AQSh dunyoning eng ta’siri kuchli mamlakatiga aylangan va tashqi siyosatda faollikni qo‘lga olgan mamlakat sifatida tanilgandi.

    AQSh Meksikadagi inqilobni ijobiy qabul qiladi va buning ildizlari mamlakatdagi oligarxiyaning hukmronligi va mamlakatning G‘arb va AQSh sarmoyasi oqibatida tutqunlikka solinganligini yaxshi anglardi. Bu o‘sha davrda nafaqat Meksikada, balki butun Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatilayotgan tabiiy jarayon edi.

    Vudro Vilson 1913-yilning 12-mart sanasida qilgan nutqida “Amerika Lotin Amerikasidagi vaziyatga befarq emasligini va konstitutsiyaviy islohotlar natijasida hukumat tepasiga kelgan hukmron doiralarni qo‘llab-quvvatlashi haqida” ma’lum qiladi. Sababi AQSh vaziyat barqaror bo‘lmagan Lotin Amerikasidagi mamlakatlarda o‘z sarmoyalarini shu yo‘l bilangina himoya qilishi mumkin edi. Meksikadagi inqilobda ham AQSh aynan shu jihatni ko‘zlagandi.

    Vilsonning hokimiyat tepasiga kelishi esa Meksikada 1913-yilning fevral oyidagi inqilobga to‘g‘ri keldi. Meksikada hokimiyat tepasiga general Viktoriano Uerta keladi. Bu davr rasmiy Vashington uchun ham murakkab davr bo‘ldi. Bir tarafdan Uertani hukumatini tan olib, dastaklay desa, Meksikadagi AQSh elchixonasiga Meksika shimolida Uertaga qarshi Venustian Karransa yetakchiligidagi kuchlar Uertani uzurpator deya e’lon qilganligi va unga qarshi faoliyat olib borayotgani haqida xabarlar kela boshlaydi. Maderoning hokimiyatdan ag‘darilishida ishtirok etgan AQSh elchisi Vashingtonga Uerta Meksikadagi vaziyatni barqarorlashtirishda kafil bo‘lishini bildirgan bo‘lsa, boshqa konsullar Uertaning davri vaqtinchalik ekanligini ma’lum qildilar. Vashington uchun esa amerikaliklarning Meksikadagi sarmoya va mulklarining xavfsizligini ta’minlash asosiy masala edi. Bunday og‘ir vaziyatda esa rasmiy Vashington shoshma-shosharlik bilan ish qila olmasdi. Shunda Vilson Meksikaga o‘zining ishonchli vakilini yuborishga qaror qiladi. Uilyam Xeyl o‘z xabarlarida Uertani qo‘llab-quvvatlash joiz emasligini, chunki uning siyosiy kuchi yetarlicha qudratga ega emasligini ma’lum qiladi.

    Vudro Vilson

    Vudro Vilson
    Foto: Google Photos

    Meksikadagi vaziyatni barqarorlashtirishga urinish

    Uerta hukumatini iste’fo berishga ko‘ndirish va Meksikada konstitutsiyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida Oq uy Meksikadagi federal hukumat va uning siyosiy raqiblari o‘rtasida vositachilik qilishga harakat qiladi. Vilson tashabbusi bilan Mexikoga Minnesotaning gubernatori Jon Lind yuboriladi. U Uerta hukumatining tashqi ishlar vaziri Gamboaga harbiy harakatlarni to‘xtatish va kelishuvga erishish, barcha nizolashayotgan taraflar ishtirokida muvaqqat hukumat tuzish, erkin saylovlar o‘tkazish va barcha taraflarga saylov natijalarini tan olish talabini qo‘yadi. Biroq Gamboa AQShning talabini bajarishdan bosh tortdi va qonuniy hukumat isyonchilar bilan muzokaraga bormasligini ma’lum qildi. Qolaversa, Gamboa AQShni Meksikaning ichki siyosatiga aralashishga urinishda ayblaydi. Lindning missiyasi shu tariqa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

    1913-yilning 27-avgust sanasida Vilson Kongress oldida chiqish qilar ekan, barcha amerikaliklarni Meksikadan chiqib ketishlarini va ularning Meksikadagi mulklari himoya qilinishini hamda Meksikaga nisbatan qurol-yarog‘ embargosi joriy qilinishini bildiradi. Embargo siyosati bilan AQSh eng avvalo Meksikadagi isyonchilarni o‘z nazorati ostiga olishni istaydi.

    Meksika hukumati esa o‘z navbatida AQSh bilan diplomatik aloqalarni uzgan holda Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya bilan AQShning manfaatlariga zid keladigan bitimlarni imzolashga kirishadi. AQSh Meksika bilan imzolangan har qanday shartnomalarni bekor qilgan holda barcha Yevropa mamlakatlaridan AQSh kabi yo‘l tutishni so‘raydi va bu bilan Meksikani xalqaro avantyuralardan ihotalamoqchi bo‘ladi. Bunday siyosat Vilson lageridagi siyosatchilar orasiga ham nizo soldi. Ular nazarida Vilsonning Meksika borasidagi siyosati uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan siyosat emasdi.

    1914-yilning 9-aprel sanasida Tampikoda bir necha amerikalik harbiy dengizchilar qamoqqa olinadi va AQSh va Meksika o‘rtasidagi nizo ochiq maydonga ko‘chadi. Vilson 21-aprel sanasida Verakrusni ishg‘ol qilish borasidagi buyruqqa imzo chekadi. Vilson bu harakati bilan Uertani aqlini kirgizib qo‘yishni istaydi. Ammo AQShning mazkur qadami meksikaliklar orasida aksilamerikachilik kayfiyatini yuzaga keltiradi. AQSh va Meksika o‘rtasidagi nizoning oldini olish uchun Braziliya, Chili va Argentina hukumatlari vositachilik qilishga qaror qiladi.

    1914-yilning may—iyun oyida AQSh va Meksika tarafi Niagara Folsda konferensiya o‘tkazadi. Konferensiyada AQSh tarafi Meksikada konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazilishi va inqilobdan jabr ko‘rgan xorij sarmoyasi manfaatlari inobatga olinishini, moddiy zarar qoplanishini ma’lum qiladi. Bu safar general Uerta muvaqqat hukumat tuzilishiga xohish bildiradi. Ammo Meksikadagi isyonchi guruhlar qurollarini tashlamasliklarini bildiradi. General Uerta hokimiyatdan iste’fo berishga majbur bo‘ladi. 1914-yil avgustida Uerta Meksikadan qochib ketadi. Vashington Meksikadagi g‘alabasini nishonlaydi. Vilsonchilar Meksikasidagi muvaqqat hukumatni tuzish esa vaqt masalasi edi.

    Ammo 1914-yilning kuz fasliga borib, Meksikadagi vaziyat yanada yomonlashadi. AQShning quvonchi uzoqqa cho‘zilmaydi. Meksikada Karransa va Emilio Sapata, Fransisko Vilya o‘rtasidagi adovat kuchayib ketadi. Mamlakatda xunrezlik yana avjiga chiqadi. Inqilob o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.

    AQSh hukumati Birinchi jahon urushi boshlanishi asnosida Meksikadagi vaziyatni o‘zi istaganiday nazorat qila olmasligini tushunib yetadi. Meksikadagi vaziyatni o‘z holiga tashlab qo‘yish, mamlakatda qaysi isyonchi guruhlar hukumatga kelishini kuzatishda davom etish va kayzer Germaniyasining Meksikadagi voqealarga qay darajada tortilishi omilini o‘rganish rasmiy Vashingtonning yangi rejasiga aylanadi. Oxir-oqibatda Vilson hukumati Meksikada Karranso hukumatini de fakto qonuniy deb topishga qaror qiladi. Meksikadagi feodal tartiblarga qarshi norozilik kurashi esa hali-beri to‘xtamasligi ayon edi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    22.02.2021, 07:21   Izoh (0)   46114
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda Boeing yo‘lovchi samolyotining yongan dvigateli qoplamasi aholi yashaydigan hududga tushdi (video)

    21.02.2021, 21:09

    Avstraliyada COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi

    21.02.2021, 18:16

    Avstriyalik olimlar COVID-19’ga qarshi antitanalar organizmda qancha vaqt saqlanishini aniqladi

    21.02.2021, 17:13

    Rossiya va BAA tovushdan tez uchadigan biznes-samolyotni ishlab chiqadi

    21.02.2021, 16:15

    Rossiyada COVID-19’ning “britancha” shtammini aniqlaydigan test ro‘yxatdan o‘tkazildi

    21.02.2021, 15:14

    Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida nutq so‘zlaydi

    21.02.2021, 13:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.