Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Boeing aviasozlik korporatsiyasi AQShda Pratt & Whitney 4000-112 dvigatellaridan biri reys chog‘ida yonib ketgani sabab boshlangan tekshiruv vaqtida shunday dvigatellar o‘rnatilgan 777 laynerlarining parvozlarini to‘xtatib turishni tavsiya qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Twitter / @BroomfieldPD

Foto: Twitter / @BroomfieldPD

“Transportdagi xavfsizlik bo‘yicha Milliy kengash surishtiruvi davom etayotgan paytda biz Pratt & Whitney 4000-112 dvigatellari o‘rnatilgan foydalanishda bo‘lgan 69 ta va turargohdagi 59 ta 777 samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatib turishni tavsiya qildik, Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi tekshiruvning tegishli protokolini aniqlamaguniga qadar”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 21-fevral kuni United Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti parvoz paytida dvigatellaridan biri yonib ketganligi sababli AQShning Kolorado aeroporti Denver shahriga favqulodda qo‘ndi. Bortida 231 nafar yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan Boeing 777 samolyoti Denverdan 20-fevral kuni Gonoluluga uchgan. Oradan vaqt o‘tib, samolyot dvigatellaridan birida yong‘in chiqqan. Ekipaj zudlik bilan uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan. Qo‘nish paytida samolyot dvigateli qoplamasining bir qismi uzilib, Brumfild shahridagi turar joy binolari hovlisiga tushgan.

AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi hodisa yuzasidan surishtiruv boshladi. Muassasa rahbari Stiv Diksonning so‘zlariga ko‘ra, uning natijalariga ko‘ra ba’zi samolyotlar foydalanishdan chiqarilishi mumkin.

Yaponiyada esa hukumat tekshiruv natijalarini kutmasdan, Pratt & Whitney 4000-112 dvigatellariga ega Boeing 777 parvozlarini vaqtinchalik taqiqlashga qaror qildi. O‘z navbatida, United Airlines aviakompaniyasi ham Pratt & Whitney 4000-112 seriyali dvigatellarga ega Boeing 777 lanerlari parvozini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi