Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Foydalanuvchi Apple AirPods’ning quvvatlantirish keysini yo‘qotib qo‘yganida yoki uni quloqdan yechmasdan turib quvvatlantirishni xohlaganida foyda beradigan yana bir usul taklif etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: M.Craftsman

Foto: M.Craftsman

M.Craftsman kompaniyasining aksessuari ikki uchiga qalpoqchalar qotirilgan kichik akkumulyatorga ega bog‘ich ko‘rinishida. Quvvatlantirish ushbu qalpoqchalarni naushniklar oyoqchasiga ulaganda sodir bo‘ladi. Magnit asos va magnit qo‘shimchalar hisobiga ularni oyoqchalardan ajratib olish u qadar oson emas. Masalan, yugurish vaqtida u juda qulay.

Gizmochina ma’lumotlarga ko‘ra, PodChain Pro nomini olgan aksessuar AirPods va AirPods Pro’ni uch marotaba quvvatlantirib, ularning uzluksiz ishlashini 16 soatgacha ta’minlay oladi.

Aksessuarni 23-fevraldan boshlab Indiegogo kraudfanding maydonchasi orqali 60 dollarga evaziga buyurtma qilish mumkin.

Avvalroq Apple naushnik ishlab chiqarishda shishadan foydalanishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi