Marhum hind aktrisasi Shridevi ko‘plab rang-barang rollarni ijro etgan, uning karyerasida 300 dan ortiq film mavjud. U o‘z davrida Bollivudning superyulduziga aylangan. Shunga qaramay, u bir nechta filmlarda rol ijro etishdan bosh tortgan. Garchi bu filmlar muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, aktrisa ishtirokida tamoman boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi.

Jasur (1986)

Foto: “Yandeks Dzen”

“Har Kisi ko nahi milta” taronasida Shridevi va Feruz Xonni unutib bo‘lmaydi. Qizig‘i shundaki, “Jasur” filmi uchun bosh rolga Shridevi tanlangan, ammo keyinchalik u Dimpl Kapadiyaga almashtirilgan.

“Qora shahzoda Ajuba” (1991) 

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qora shahzoda Ajuba” filmida rejissor Shashi Kapur Shridevi va Amitabh Bachchan juftligini orzu qilgan. Ammo aktrisa filmda rol ijro etishni rad etgan, chunki unga boshqa aktyorlar bilan beriladigan bir xil maosh va rolning davomiyligi ma’qul kelmagan edi. Shu sababdan uning o‘rnini yana Dimpl Kapadiya egallagan.

“Vaqt tuzog‘i” (1990)  

Foto: “Yandeks Dzen”

“Vaqt tuzog‘i” filmidagi asosiy rol Shridevi uchun maxsus yozilgan va hatto Lata Mangeshkar ham uning ushbu loyihada rol ijro etishini xohlagan. Ammo o‘sha vaqtda aktrisaning otasi vafot etgan va rol yana Kapadiyaga nasib etgan.

“O‘g‘il” (1992)

Foto: “Yandeks Dzen”

Madhuri ijro etgan rol ham aynan Shridevi uchun yozilgan bo‘lib, aktrisa buni rad etishga qaror qilgan. Chunki u Anil Kapur bilan bir nechta filmlarga shartnoma imzolagan edi.

“Muhabbat va qo‘rquv” (1993) 

Foto: “Yandeks Dzen”

Rejissor Yash Chopra ham ushbu filmda Shridevi rol ijro etishini xohlagan. Ammo aktrisaga qahramon yoqmagan. Shuning uchun ham uning o‘rniga Juhi Chavla tanlangan, bu balki yaxshi ham bo‘lgan.

“Firibgar” (1993)

Foto: “Yandeks Dzen”

Filmga ham dastlab Shridevi taklif qilingan, u egizak opa-singillar rolini ijro etishi kerak edi. Keyinchalik rejissorlar Shohrux Xonning rolini tomoshabinlar e’tiborsiz qoldirishi mumkin, degan qarorga kelgan va rollarga Shilpa Shetti hamda Kajol taklif etilgan.

“Shoqol” (1994)

Foto: “Yandeks Dzen”

Ushbu filmda ham aktrisa rolni rad etgan, keyinchalik uning o‘rniga Divya Bxarti tanlangan. Ammo uning o‘limidan keyin Ravina Tandon rolga tasdiqlangan. Nima bo‘lganda ham film muvaffaqiyat qozongan.

“Devona qalb” (1997)

Foto: “Yandeks Dzen”

Bu aktrisaning Shohrux Xon bilan birga rol ijro etishdan bosh tortgan to‘rtinchi filmi edi. U shunga o‘xshash rollarni ijro etishdan charchagan va xarakterda yangilik yo‘qligi uchun ham rejissorga rad javobini bergan.

“Oshiqlar” (2000)

Foto: “Yandeks Dzen”

Aditya Chopra ushbu filmda Shridevi uchun alohida rol yozgan. Ammo aktrisaning loyihani rad etishi bois butun ssenariy qaytadan yozilgan.

“Yoqimli xotiralar” (2001)

Foto: “Yandeks Dzen”

Rati Agnixotri ijro etgan qahramon aslida Shridevi uchun mo‘ljallangan edi. Film ham tomoshabinlarda unchalik katta taassurot qoldirmagan.

“Bog‘bon” (2003)

Foto: “Yandeks Dzen”

Shrideviga ushbu rol ekranlarga qaytish uchun taklif qilingan edi. Ammo aktrisa obrazni o‘ziga unchalik ham mos deb bilmagan. Natijada omad Hema Maliniga nasib etgan.

“Baxubali” (2015)

Foto: “Yandeks Dzen”

Shridevi karyerasi davomida bir necha loyihalarni rad etgan. Ammo ushbu filmdagi Shivagami rolidan voz kechishi ommaviy axborot vositalarida juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan. Uning nega filmda rol ijro etishdan bosh tortgani, afsuski, noma’lumligicha qoldi.