Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Barhayot Meliyev tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati

Barhayot Meliyev 1987-yilda Farg‘ona viloyatning Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov 2020-yilning 30-yanvarida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Uning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Ulug‘bek Uzoqov tayinlandi.

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Zuhra Mirg‘oziyeva 2021-yilning 2-fevralida Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?