Navoiy viloyatida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti YPX maskani oldida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17-fevral kuni soat 21:30 larda Karmana tumanidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 147-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Mast holda bo‘lgan 52 yoshli Lacetti haydovchisi “Samarqand” YPX posti yaqinida boshqaruvni yo‘qotgan va maskanga kirish joyida o‘rnatilgan, bo‘laklarni ajratuvchi to‘siqqa urilgan.
To‘qnashuv oqibatida avtomobilning motor bo‘lmasida yong‘in kelib chiqqan va avtomobil butkul yonib ketgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Karmana tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Toyota Bektemir posti yaqinida Lacetti va beton to‘siqqa urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)