Ozgina e’tibor va vaqtingizni ayamasangiz, tushlikda oila a’zolaringizni mazali taom bilan xushnud etishingiz mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- tovuq filesi — 500 gr;
- o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq;
- sarimsoq — 3 bo‘lak;
- asal — 100 gr;
- murch — 0,5 choy qoshiq;
- soya sousi — 80 ml;
- bulg‘or qalampiri —2 dona;
- ko‘katlar.
- Sarimsoqni maydalab, o‘simlik yog‘i, asal, murch va soya sousi bilan yaxshilab aralashtiramiz.
- Fileni bo‘laklarga bo‘lib, tayyorlab olingan marinad bilan qorishtiramiz. Ustiga plyonka yopib, 30—60 daqiqaga muzlatkichga qo‘yamiz.
- Bulg‘or qalampirini ham o‘rtacha kattalikda to‘g‘rab olamiz.
- Tovuq bo‘laklari va sabzavotlarni cho‘p sixlarga terib, qolgan marinadni ustiga surtib chiqamiz.
- Tayyor kaboblarni pech patnisiga terib, 200 darajali issiqlikda 15—20 daqiqa pishiramiz.
- Kaboblarni dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezaymiz.
Izoh (0)