Liviya shimoli-sharqida 15 yil ichida ilk bor qor yog‘di va havo harorati 0 darajadan ham past holat qayd etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bergan.

Kadr: YouTube

Mahalliy aholi uchun qor haqiqiy bayramga aylangan, sababi mamlakatda oxirgi marta bundan 15 yil avval — 2006-yilda qor yog‘gan edi.

Liviyadagi qor ayniqsa bolalarni xursand qildi, ular ushbu yog‘ingarchilikdan quvonib, qorbo‘ron o‘ynab, qorbobolar yasamoqda.

Meteorologlar qorning yana ikki kun davomida erib ketmasdan saqlanib turishi mumkinligini prognoz qilgan.

Foto: Ghanaweb

Foto: Pinterest

Foto: Euronews

Avval Gretsiyada Afina va poytaxt atrofidagi hududlarda havo harorati pasaygani hamda qor yog‘gani, oqibatda koronavirusga qarshi odamlarni emlash ishlari to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.