Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Adliya vazirligi Shimoliy koreyalik uch nafar dasturchini ommaviy xakerlik hujumini uyushtirib, 1,3 milliard dollar qiymatga ega pul mablag‘i va kriptovalyuta o‘g‘irlaganlikda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters. Hujum banklardan tortib Gollivud kinostudiyalarini o‘z ichiga oluvchi bir qator kompaniyalarga uyushtirilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Ayblov xulosasida aytilishicha, 31 yoshli Jon Chang Hyok, 27 yoshli Kim Il va 36 yoshli Pak Jin Hyok hujumni uyushtirish vaqtida Shimoliy Koreya harbiy razvedka xizmatiga ishlagan.

AQSh Adliya vazirligiga ko‘ra, xakerlar keng ko‘lamdagi jinoiy harakatlar va shov-shuvli kiberhujumlar uchun javobgar, shu jumladan, 2014-yil noyabrida KXDR yetakchisining o‘ldirilishi tasvirlangan “Intervyu” komediyasiga javoban Sony Pictures Entertainment studiyasiga uyushtirilgan hujum ham ularning ishi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, iddao qilinishicha, ular WannaCry 2.0 tovlamachi dasturni yaratishda ishtirok etgan, u 2017-yil mayida ishga tushirilgan va ayniqsa, Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmatiga katta zarar yetkazgan.

Xakerlar, shuningdek, 2018—2020-yillarda Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Meksika va Afrikadagi banklarga SWIFT protokolini suiiste’mol qilish hamda zararli dasturlarni ishga tushirish orqali hujumlar uyushtirishda ayblanmoqda.

“E’lon qilingan ayblov materiallarida aytilishicha, xakerlar qurol o‘rniga klaviaturadan foydalanib, pul solingan qoplar o‘rniga elektron hamyonlar va kriptovalyuta o‘g‘irlagan. Bu xakerlar bugungi kunda dunyodagi eng yirik ‘bank o‘g‘rilari’dir”, — dedi AQSh bosh prokurori yordamchisi Jon Demers.

AQSh Adliya vazirligi qayd etishicha, xakerlar nafaqat KXDR hududida, balki boshqa mamlakatlar, jumladan, Xitoy va Rossiya hududida turib ham ishlagan. Vazirlik keltirilgan summaning qancha qismini xakerlar o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, AQSh va Kanada fuqaroligiga ega bir shaxs xakerlar tomonidan o‘marilgan pulning bir qismini “yuvish”da o‘zini aybdor deb tan olgan.

Avvalroq Shimoliy koreyalik xakerlar koronavirusga qarshi vaksinaga oid ma’lumotlarni olish uchun Pfizer farmatsevtika kompaniyasining serverlariga kirishga uringani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?