Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali ilk o‘yinida “Leypsig” va “Liverpul” jamoalari 16-fevral, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida inglizlar ketma-ket ikki bor darvozani ishg‘ol qildi. Avvaliga “Leypsig” sardori Marsel Zabitserning himoyadagi xato uzatmasidan so‘ng Muhammad Saloh hisobni ochdi.

Biroz vaqt o‘tib Sadio Mane raqibning himoyadagi navbatdagi xatosidan unumli foydalandi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa “qizillar” javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

YChL

1/8 final, ilk bahs

16-fevral, seshanba

“Leypsig” Germaniya — “Liverpul” Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 53 Saloh, 0:2 – 58 Mane.

“Leypsig”: Gulachi, Mukiyele (Orban, 64), Klostermann, Anxelinyo, Upamekano, Nkunku, Kampl (Hvan Hi Chan, 73), Olmo, Aydara (Poulsen, 64), Adams, Zabitser.

“Liverpul”: Alisson, Robertson, Kabak, Aleksander-Arnold, Henderson, Veynaldum, Jons, Mane, Tiago Alkantara (Oksleyd-Chemberlen, 72), Saloh (Uilyams, 90), Firmino (Shakiri, 72).

Ogohlantirishlar: Aydara (5), Mukiyele (6), Nkunku (52), Anxelinyo (65), Kabak (68), Olmo (76), Henderson (81).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?