Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston terma jamoasi va “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov Genuyada (Italiya) qanday uyda yashayotganligini ko‘rsatdi.

Rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan bilan bo‘lgan suhbatda 25 yoshli futboli o‘zi istiqomat qilayotgan uyni ko‘rsatdi va undagi qulayliklar bilan o‘rtoqlashdi. Ko‘p qavatli imoratning ikkinchi qavatida joylashgan xonadondan mehmonxona, oshxona, yotoqxona va boshqa xonalar o‘rin olgan.

Eldorning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu uyga “Jenoa”ga qo‘shilganidan 15 kun o‘tgach ko‘chib o‘tgan. Shomurodovgacha ushbu xonadonda Antonio Sanabriya istiqomat qilgan. Hozirda “Betis” (Ispaniya) sharafini himoya qilayotgan paragvaylik futbolchi 2019—2020-yillarda “Jenoa” safida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2020-yilgi yozgi transfer oynasida “Rostov”dan genuyaliklar safiga yo‘l oldi. Eldor “Jenoa” safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)