“Leypsig” himoyachisi Dayo Upamekano faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi.
Myunxenliklar klubi fransiyalik futbolchi bilan 2026-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzilganini e’lon qildi. Fransiyalik futbolchi 2021-yilning 1-iyulida “Bavariya” safiga qo‘shiladi.
“Leypsig”ning ma’lum qilishicha, “Bavariya” futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli haqidagi bandni faollashtirgan. Avvalroq bu miqdor 42,5 million yevroni tashkil qilishi aytilgandi.
22 yoshli futbolchi markaziy himoya chizig‘ida to‘p suradi. Upamekano professional futboldagi faoliyatini Avstriyaning “Zalsburg” klubida boshlagan va 2017-yilning yanvarida “Leypsig” safiga o‘tgandi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 60 million yevroga teng.
Dayo Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 19 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Upamekanoga “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Chelsi”, PSJ va “Real” kabi jamoalardan qiziqish bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)