Twitter foydalanuvchilaridan biri uyidagi robot-changyutgichi oddiy ko‘zgu bilan chiqisha olmagani to‘g‘risidagi qiziqarli voqea haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
U robot-changyutgichi uyida ko‘zgu ortidagi portalni topib olgani to‘g‘risida yozilgan ikkita kadrni e’lon qilgan. Quyida xonaning haqiqiy rasmi keltirilgan:
Bunisi esa uydagi yordamchi robot-changyutgichning xaritasida ko‘rsatilgan makon:
Suratning o‘ng tarafidagi ulkan makon aslida mavjud emas — robot-changyutgichning shunchaki navigatsiyasi adashgan.
Qurilma atrofning xaritasini lidarning harakati hisobiga yaratadi. Texnologiyaning ishlash prinsipi exolokatsiyaga o‘xshaydi: impulslar turli obyektlar bilan to‘qnashganida (devor, mebel yoki ko‘zgu) hosil bo‘ladigan yorug‘lik impulslari va vaqtga oid ma’lumotlarga asoslanib, robot ulargacha bo‘lgan real masofani aniqlaydi.
Binoning xaritasi robotga uy bo‘ylab optimal harakatlanish, shuningdek, uy tozalab bo‘linganidan so‘ng, quvvatlantirish bazasiga qanday qilib tez yetib borish imkonini beradi.
Uy uchun mo‘ljallangan qurilma va ko‘zgu o‘rtasidagi qiziqarli voqea boshqa platformalarda ham keng muhokamaga sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilar o‘zlarining qurilmasi “Narniyani topish”ga qodirligini yoza boshlagan. Bu kabi holat, masalan, uyni tozalashdan oldin pardalar ko‘tarilmasa sodir bo‘ladi — robot-changyutgich pardaga o‘ralib qoladi, g‘ildiraklari sirpanib ketgani sabab navigatsiya buziladi. Xayoliy Narniya esa xarita yangilanguniga qadar uzoq vaqt sxemada tasvirlanib turadi.
Izoh (0)