• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh Senati Donald Trampni impichment ishi bo‘yicha oqladi

    AQSh Senati sobiq prezident Donald Trampning impichmentiga qarshi ovoz berdi, deya xabar qiladi “RBK”. Jarayon CNBC telekanali va Amerikaning boshqa OAVlari orqali translyatsiya qilindi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sobiq davlat rahbariga nisbatan qo‘zg‘alonga da’vat qilganlik ayblovini yoqlab Kongress yuqori palatasining 57 nafar a’zosi ovoz berdi. 43 senator qarshi chiqdi. Impichmentni tasdiqlash uchun kamida 67 kishi yoqlab ovoz berishi kerak edi.

    Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqish 9-fevral, seshanba kuni boshlandi. 13-fevral kuni kechqurun himoya va ayblov tomonlari jarayonni cho‘zmaslik uchun guvohlarni so‘roq qilmaslikka qaror qildi. Yakuniy dalillar uchun tomonlarga ajratilgan to‘rt soatdan ikki soatga yaqini kerak bo‘ldi.

    Bungacha Demokratik partiyadan senatorlar guvohlarni chaqirishni taklif qildi, ammo bu Tramp himoyasining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi va ular ham o‘z guvohlarini chaqirishni talab qildi. Buning o‘rniga ishga kongressvumen Jeymi Xerrera Batler va ismlari oshkor qilinmagan shaxslarning yozma arizalarini aralashtirishdi.

    Trampning o‘zi jarayonda qatnashib, ko‘rsatma berishdan bosh tortdi. Sobiq prezidentni ayblovchilar bu Oq uy sobiq rahbarining aybdorligi foydasiga hisoblanishini ma’lum qildi. Uning himoyasi impichmentni konstitutsiyaga zid deb atadi, chunki Tramp davlat lavozimini ortiq egallab turgani yo‘q.

    Agar Tramp aybdor deb topilganida, u boshqa hech qachon prezident lavozimiga da’vogarlik qila olmagan bo‘lardi.

    6-yanvar kuni prezident saylovi natijalaridan norozi bo‘lgan Tramp tarafdorlari Vashingtonda uni qo‘llab-quvvatlab miting o‘tkazgach, Kapitoliy binosiga shiddatli hujum uyushtirdi. Oqibatda binoga zarar yetkazildi, besh kishi halok bo‘ldi (ular orasida bir politsiyachi bor), kamida 60 kishi jabrlandi.

    Shundan keyin Amerika Kongressi a’zolari, shu jumladan, bir nechta respublikachilar ham Trampni tartibsizliklarga da’vat qilishda ayblab, unga impichment e’lon qilishga chaqirdi. U AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi prezident bo‘ldi.

    Trampga nisbatan birinchi impichmentga AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 2019-yil sentabrda tashabbuskorlik qilgan. Unga Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralari e’lon qilinishi sabab bo‘lgan. Amerika yetakchisi Kiyevni Trampning 2020-yilgi saylovlardagi bosh raqibi, yakunda esa 46-AQSh prezidentiga aylangan Jo Baydenning o‘g‘li — Xanter Baydenning faoliyatini tekshirishni boshlashga og‘dirmoqchi bo‘lgan.

    Demokratlar partiyasi yetakchilari aytishicha, Tramp Zelenskiyga bosim o‘tkazish uchun o‘z imkoniyatidan (Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yish) foydalangan. Impichment hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongress tekshiruviga to‘sqinlik qilish haqidagi ikkita modda bo‘yicha e’lon qilingan. Tramp bu ayblovlarni rad etgan. 2020-yil fevralida Senat uni ikkala modda bo‘yicha ham oqlagan.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Senati Trampga e’lon qilingan impichmentni konstitutsiyaviy jihatdan to‘g‘ri deb tan oldi
    • Tramp impichment bo‘yicha jarayonda ko‘rsatma berishdan bosh tortdi
    • Tramp impichment jarayonida uni himoya qiluvchi yangi advokatlarni yolladi
    • Donald Tramp ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi AQSh prezidentiga aylandi. Trampga qarshi 10 nafar respublikachi ovoz berdi

    14.02.2021, 10:31   Izoh (0)   29836
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italiyada yangi hukumat o‘z ishini boshladi

    14.02.2021, 09:09

    Muzlab qolgan haykallar, fuqarolar bilan uchrashgan Toshkent shahar hokimi, qor ostidagi kelin-kuyov. Hafta suratlari

    13.02.2021, 22:53

    Foto: Ikki kun tinimsiz yog‘gan qor ostida qolgan Moskva

    13.02.2021, 21:59

    JSST: Xitoy hukumati COVID-19’ga chalinish bo‘yicha ilk holatlar haqidagi ma’lumotlarni berishdan bosh tortdi

    13.02.2021, 21:14

    Yaponiyada 7,1 balli zilzila sodir bo‘ldi

    13.02.2021, 20:26

    Bumble tanishuv xizmati asoschisi muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan eng yosh milliarder ayolga aylandi

    13.02.2021, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.