Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Hududgazta’minot” AJ Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boshqarmasi hamda “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialining tegishli bo‘limi xodimlari tomonidan “O‘zneftgazinspeksiya” bilan birgalikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazning oshirilgan narxlardagi noqonuniy aylanmasi tashkil etiluvchi “bunker”larni aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

Foto: “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati, Namangan tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida “Navqiron” MFY, O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 43-uyda 16 dona maishiy gaz balloni saqlanayotgani hamda ushbu manzilda yashovchi fuqaro F.Po‘latov “Namangantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi R.P.dan 20 kilogrammlik suyultirilgan gaz ballonlarni 22 400 so‘mdan sotib olib, so‘ng ularni tuman aholisiga 60 ming so‘mdan qayta sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Namangan shahri, Toshkent ko‘chasida joylashgan 73-uyda tashkil etilgan yana bir “bunker” faoliyati fosh etildi. Fuqaro B.Burxonovga qarashli mazkur uyda 94 dona maishiy gaz balloni mavjudligi hamda ushbu fuqaroga ham “Namanganshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan biri yordam berib kelgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu noqonuniy holatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari boshlandi va natijalari bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. Shu kabi qonunbuzarlik holatlarini aniqlash bo‘yicha reydlar davom etmoqda.

“Hududgazta‘minot” AJ suyultirilgan gaz iste’molchilariga 20 kilogrammlik maishiy gaz ballonning bir kilogrammini imtiyozli 1120 so‘m narxda sotilishini eslatib o‘tgan. Maishiy gaz ballonlari manzilgacha yetkaziladi va iste’molchining talabiga binoan, 3000 so‘m qo‘shimcha to‘lov evaziga uyga olib kirib o‘rnatib beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi