PSJ hujumchisi Neymar Fransiya Kubogi 1/32 finali doirasida “Kan”ga qarshi kechgan bahsda (1:0) jarohat oldi.
Braziliyalik futbolchi chap oyog‘i mushaklarini shikastlab olgan. Tiklanish jarayoni taxminan to‘rt hafta vaqt olishi aytilmoqda.
Shu tariqa Neymar Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk bahsi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Katta ehtimol bilan Neymar sobiq jamoasiga qarshi kechadigan 10-mart kungi javob o‘yinida ham qatnasha olmaydi.
PSJ “Barselona” bilan 16-fevral, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17-fevralga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Neymar Liga 1 2020/21-yilgi mavsumida 11 o‘yin o‘tkazib oltita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, PSJning yana bir yetakchisi Anxel di Mariya jarohat sabab safdan chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)