Molekulyar biologlar sharqiy Tailanddagi g‘orda yashovchi ko‘rshapalaklar qonida koronavirus zarralarini topdi, ular genom tuzilishi bo‘yicha SARS-CoV-2’ga o‘xshash bo‘lib chiqdi. Mutaxassislar yangi virusga RacCS203 deb nom berdi, deb yozadi Nature Communications.
“SARS-CoV-2 virusining aniq kelib chiqishi hanuzgacha sir bo‘lib qolmoqda, ammo bizning tadqiqotimiz Yaponiyadan Tailandgacha bo‘lgan 4,8 ming kilometrlik maydonni egallab oladi. Shubhasiz, biz COVID-19 qo‘zg‘atuvchisining to‘g‘ridan to‘g‘ri ajdodlarini topish uchun transchegaraviy kuzatuvlarni o‘tkazishimiz kerak”, – deb ta’kidladi tadqiqotchilar.
Ularning ta’kidlashicha, virus beshta ko‘rshapalakda tasdiqlangan. Ilmiy ishlarga ko‘ra, yangi koronavirus SARS-CoV-2 virusiga 91,5 foizga o‘xshashdir.
Olimlarning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 ajdodi o‘tgan asrning o‘rtalarida Sharqiy Osiyodagi ko‘rshapalaklar orasida yoyila boshlagan.
Endi mutaxassislar hayvonlarda COVID-19 epidemiyasining qo‘zg‘atuvchisi singari odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan koronaviruslar qanchalik tez-tez uchrashi va nega ular ilgari insoniyatga yuqmaganligini aniqlashni xohlamoqda.
Mavzuga doir:
- Koronavirus laboratoriyada yaratilmagan. U odamga qandaydir hayvondan yuqqan bo‘lishi mumkin. Uxanga borib kelgan JSST ekspertlari o‘z xulosalarini ma’lum qildi
- JSST ekspertlari koronavirus yuqtirishning to‘rt xil yo‘lini aniqladi
- JSST mutaxassisi Uxan shahrida COVID-19 kelib chiqishiga oid muhim dalillar topilganini ma’lum qildi
Izoh (0)