• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tanzaniya hukumati koronavirus epidemiyasini rad etib, vaksina o‘rniga giyohlar bilan davolanishni taklif qilmoqda. U yerdan qaytib kelayotgan sayyohlarda COVID-19 aniqlanmoqda

    Tanzaniyada bir necha oydan beri rasmiy ravishda koronavirus qayd etilmayapti. Hukumat rahbarlari emlanishdan bosh tortib, COVID profilaktikasi sifatida an’anaviy tibbiyotdan foydalanishni taklif qilmoqda. Biroq shifoxonalar pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarga to‘la, deb xabar berdi Meduza.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    58 million aholi istiqomat qiladigan Tanzaniya davlatida 2020-yil bahorida 509 nafar kishida koronavirus kasalligi qayd etilgan, 21 kishi kasallikdan vafot etgan. Biroq 2020-yil iyun oyining boshlarida Prezident Jon Magufuli mamlakatda kasallik chekinganini va Tanzaniya yana sayyohlarni qabul qilishga tayyorligini rasman e’lon qilgan. Koronavirusga qarshi profilaktika sifatida u dorivor o‘tlar, bug‘ muolajalari, zanjabil va piyoz aralashmasidan foydalanishni taklif qilgan.

    O‘shandan beri mamlakatda koronavirus bilan kasallanish statistikasi yuritilmayapti. Ammo, taxminan, 2020-yil dekabridan boshlab Tanzaniyada pnevmoniya simptomlari aniqlangan holatlar soni keskin o‘sa boshladi. Mamlakat prezidenti o‘zi, sog‘liqni saqlash vaziri va bir nechta rasmiylardan boshqa biror kimning koronavirusga oid masalalarni jamoatga izohlashini taqiqlagan. Shunga qaramay, katolik cherkovi virusning keng yoyilayotgani haqida ma’lum qilgan va cherkov ishchilarini niqob taqishga da’vat etgan.

    Kasallik ortishi haqidagi xabarlar fonida Magufuli mamlakat fuqarolarini virusni qo‘shni davlatlardan yuqtirib kelganlikda aybladi. Shuningdek, bir nechta shifoxonalarga tashrif buyurgan mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari pnevmoniya bilan kasallanish holatlarining aksariyati koronavirus bilan bog‘liq emasligini aytgan. Ular mamlakat aholisini niqob taqishga chaqirdi, ammo bu “koronavirus tufayli emas, balki nafas olish yo‘llari kasalliklarining oldini olish uchunligini” ta’kidladi.

    Yanvar oyi oxirida Magufuli tanzaniyaliklardan “tajriba quyonchasi sifatida foydalanilishini” istamagani uchun aholining emlanmasligini e’lon qildi. U vaksinalarni xavfli deb atadi va ularning ish berishiga shubha bilan qaradi: “Agar oq tanlilar foydali vaksina yaratishga qodir bo‘lganda edi, ular OITS, saraton va silga qarshi vaksinalarni ham topgan bo‘lardi”.

    Magufulining munosabati JSST tomonidan tanqid qilindi, biroq bir necha kundan keyin mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Doroti Gvajima vaksinalardan voz kechish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. Vazir hukumatning “dori-darmon olish bo‘yicha o‘z tartib-qoidalari” borligini aytib, shuningdek, tanzaniyaliklarni shaxsiy gigiyenaga amal qilish, qo‘llarni yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishga chaqirdi.

    Axios nashrining yozishicha, Tanzaniya o‘z hududida koronavirus mavjudligini inkor qilayotgan dunyodagi yagona davlat emas. Shu bilan birga, boshqa shu singari mamlakatlar, masalan, KXDR va Turkmaniston o‘z aholisini ommaviy emlashni rejalashtirmoqda. Nashrning yozishicha, chegaralari ochiq sharoitda Tanzaniya hukumatining xatti-harakatlari butun dunyoga xavf tug‘dirishi mumkin, chunki u yerdan virusning yangi turlari tarqalishi mumkin. Yanvar oyi oxirida Daniyada Tanzaniyadan qaytgan ikki kishiga koronavirusning “afrikacha”  shtammi tashxisi qo‘yilgandi, mavjud vaksinalarning ushbu shtammga ta’siri yomonroq bo‘lishi mumkin.

    Bir qator davlatlar allaqachon Tanzaniya bilan havo qatnovlarini cheklab qo‘ygan. Masalan, Tanzaniyaning sobiq metropoliyasi (mustamlakachi mamlakat) — Buyuk Britaniya hukumati bu mamlakatdan keluvchilarni o‘z hududiga kirishini taqiqladi, AQSh hukumati esa koronavirus tufayli u yerga tashrif buyurishni rasman tavsiya qilmagan.

    Rossiyada Tanzaniya bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatilmagan. Tanzaniyadan qaytib kelgan rossiyaliklar uch kun ichida koronavirusga test topshirishi kerak. So‘nggi ikki kun ichida ushbu test natijalari ijobiy chiqqan ikkita holat Xakasiya va Tula viloyatiga kelgan sayyohlarda aniqlandi.

    Mavzuga doir:

    • Emomali Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini ma’lum qildi
    • Singapurda ikki hafta davomida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar
    • Niderlandiyada koronavirusga qayta chalingan odam vafot etdi, bu dunyodagi birinchi shunday holatdir

    10.02.2021, 18:47   Izoh (0)   7563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Meduza: Rossiya aholi jon boshiga koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda

    10.02.2021, 16:21

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 4 milliondan oshdi

    10.02.2021, 16:10

    AQShda COVID-19’ni davolash uchun yana bir antitanalar kokteylini qo‘llashga ruxsat berildi

    10.02.2021, 15:22

    Udmurtiya Rossiya hududlari ichida birinchi bo‘lib niqob taqish majburiyatini bekor qildi

    10.02.2021, 12:22

    Bishkek hokimi vazifasini bajaruvchi bir kun ichida ikki marta almashdi

    10.02.2021, 11:23

    Koronavirus laboratoriyada yaratilmagan. U odamga qandaydir hayvondan yuqqan bo‘lishi mumkin. Uxanga borib kelgan JSST ekspertlari o‘z xulosalarini ma’lum qildi

    10.02.2021, 10:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.