Bahorgi garderobning ajralmas qismi hisoblangan charm kurtka bilan ko‘p hollarda qiziqarli obrazlar yaratish mushkul emas, asosiysi fantaziya qilish va tendensiyalarga amal qilish kerak.
Charm kurtka qora bo‘lishi kerak, deb kim aytdi? Hech ikkilanmasdan rang-barang modellar bilan minimal uslubdagi top kiyishingiz uni etaklari keng jinsi bilan moslashingiz mumkin. Poyabzal sifatida poshnasi past, uchli loferlarni tanlash tavsiya qilinadi.
Vodolazka va kalta keng shim bilan ham qiziqarli uslubda kiyinish mumkin. Buning uchun kombinatsiyaga charm kurtka qo‘shishning o‘zi kifoya.
Qolaversa, ushbu ustki kiyim bilan ayollarga xos jozibador obrazlar yaratish mumkin. Buning uchun yupqa bluzka va midi uzunligidagi yubka yoki istalgan fasondagi ko‘ylak kiyish mumkin.
Izoh (0)