• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilindi. Aybdorlar shunchaki hayfsan bilan qutulib qolmoqda

    “Daryo”ga Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi 13-maktab o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar berildi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev voqeaga aniqlik kiritish maqsadida jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 5-dekabr kuni 13-umumta’lim maktabi direktori Amira Rasulovaning topshirig‘i asosida maktabda tahsil olayotgan 5, 7 va 8-sinf o‘quvchilari “shanbalik”ka chiqarilib, ularning ko‘magida maktab hududi obodonlashtirilgan.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    “Tuman xalq ta’limi bo‘limidan o‘quvchilar obodonlashtirish ishlariga chiqarilsin deyilgani yo‘q. Obodonlashtirish ishlari bo‘lgan taqdirda ham texnik xodimlar bilan olib borish kerakligi aytilgan. Men o‘sha kuni tumanda o‘tkazilgan marafonda edim. Marafondan kelib qarasam, o‘quvchilar ham obodonlashtirishga chiqarilgan ekan. Lekin hamma chiqmagan”, — dedi maktab direktori Amira Rasulova.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Ta’kidlanishicha, 13-umumta’lim maktabi 300 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 417 nafar o‘quvchi tahsil oladi. 2020-yilning noyabr oyida maktabga yangi direktor tayinlangan.

    “Avvallari ham o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilib kelingan. Hozir asosim yo‘q. Lekin asos tayyorlayapman”, — deydi maktab direktori Amira Rasulova.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Toyloq tuman xalq ta’lim bo‘limi mudir o‘rinbosari Zoir Ziyodullayevning ta’kidlashicha, o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganlik masalasi ijtimoiy tarmoqlarga chiqmagan. Faqatgina ayrim o‘qituvchilarning murojaatidan so‘ng Xalq ta’limi vazirligining nazorat-huquqiy xizmati, Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Toyloq tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘rganilgan.

    “Holat ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. Maktab jamoasining har biri bilan gaplashdik. Majburiy mehnat taqiqlanganligi bo‘yicha barcha qonunlarni tushuntirdik. Direktorning yangiligi sababmi, yoki e’tiborsizligi uchunmi bolalar obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan va holat rasmga olingan. Holat yuzasidan maktab direktori va uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga qonuniy chora ko‘rilgan. Masala alohida muhokama qilinib, bolalarni majburiy mehnatga jalb etish mumkin emasligi, bolalarni ishlatishning yengil yoki og‘iri yo‘qligi tushuntirilgan”, — deydi Zoir Ziyodullayev.

    Maktab direktori Amira Rasulovaning aytishicha, u o‘quvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish majburiy mehnatga kirishini bilmagan.

    “Bir ‘uborka’ qilaylik, deb soddalik qilganman-da. Majburiy mehnat ekanligini rostdan ham bilmasdim. Qolaversa, o‘sha kuni o‘zim bo‘lmaganman”, — dedi Amira Rasulova.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nafisa Ismatullayevaning aytishicha, maktabda hech qanday majburiy mehnat qilinmagan. Va bolalar o‘z ixtiyori bilan “subotnik”ka chiqqan.

    “Avvallari ham o‘quvchilarni mehnatga olib chiqardik. Biz majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganimiz yo‘q. Qolaversa, bolalar unchalik katta ish qilmagan. Hamma o‘z xohishi bilan chiqdi. Yer ag‘dartirganimiz yo‘q. Shunchaki sochilib yotgan chiqindilarni tozaladik. Bolalarni o‘sha kuni mehnatga men jalb qilganman. Shanbalik bo‘lganligi uchun o‘zimiz maktab sharoitidan kelib chiqib ishlatganmiz. Sentabr oyidan beri bir marta umumxalq hashari degani uchun bizlar ham atrofni tozalaylik deganmiz. Biz og‘ir ish qildirganimiz yo‘q. To‘g‘ri, bizlar noto‘g‘ri ish qilganmiz. Noto‘g‘ri ish qilganimizni bilib kechirim ham so‘raganmiz. Bundan keyin takrorlanmaydi”, — dedi Nafisa Ismatullayeva.

    Surishtiruv davomida holatga aniqlik kiritish maqsadida bergan savollarimizni maktab direktori o‘qituvchilarni “moralniy” ezish deb baholadi. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nafisa Ismatullayeva esa rasmdagi o‘quvchilarni olib kelib, ularni majburlamaganligi isbotlab berishini bildirdi.

    “Men hozir nima bo‘layotganini tushunmayapman. Hozir sizlar meni va xonamdagi holatni rasmga olyapsizlar. Sizlar meni ham tushunishlaringiz mumkinmi? O‘qituvchilarni ‘moralniy’ ezish kerakmi? Men shu ishni bilmay qildim. Shu shanbalik bo‘yicha men charchadim. Tunov kuni ham kelishdi. Men hayfsan oldim”, — dedi Amira Rasulova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bizlar ham murojaat qilsak o‘rganasizlarmi? Kechirasiz, mening ham haq-huquqim bor. Men ham vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi bo‘lganman. Men ham shu tashkilotda ishlaganman. Kimga murojaat qilay”, — dedi Nafisa Ismatullayeva.

    Maktab direktorining ta’kidlashicha, bolalarning majburiy mehnat qilayotganini rasmga olgan kishi sobiq direktorning jiyani bo‘lgan. Rasmlarni esa ijtimoiy tarmoqlarda sobiq direktor tarqatgan.

    O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 5-yanvar kuni Toyloq tuman xalq ta’limi bo‘limi Samarqand viloyat xalq ta’lim boshqarmasiga xat chiqargan. Shunga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligining nazorat-huquqiy xizmati, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Toyloq tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida majburiy mehnat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan. O‘rganish jarayonida maktab direktorining o‘zboshimchaligi bilan maktabda obodonlashtirish ishlari olib borilganligi va unga maktabning 5, 7 va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etganligi aniqlangan. Ushbu holatni qayta takrorlamasligi bo‘yicha maktab rahbaridan tushuntirish xati olingan. Holat yuzasidan 13-umumta’lim maktabi direktori A.Rasulovaga nisbatan belgilangan tartibda munosabat bildirish so‘ralgan.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Shuningdek, maktab direktori o‘z tushuntirish xatida 2020-yilning 5-dekabr kuni maktabda obodonlashtirish ishlari olib borganligini ma’lum qilgan. Ushbu obodonlashtirish ishlari uning topshirig‘i bilan amalga oshirilganligini bildirgan.

    Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yilning 5-yanvardagi buyrug‘iga ko‘ra, maktab direktori Amira Rasulovaga Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

    Maktabda o‘quvchilarning majburiy mehnatga jalb etilganligi va bu ish boshida turganlarga nisbatan qo‘llanilgan chora haqida bilish maqsadida viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qildik. Inspeksiya xodimlari holatni o‘rganib, o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan mansabdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini bildirdi.

    09.02.2021, 18:10   Izoh (0)   41519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ravshan Haydarov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga boshliq bo‘ldi

    09.02.2021, 17:22

    Qashqadaryoda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 22 kishini 22,5 ming dollarga chuv tushirgan firibgarlar ushlandi

    09.02.2021, 16:45

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga sud tizimi borasida o‘zgartirish kiritildi

    09.02.2021, 16:21

    Prezident qarori bilan xorijda charm mahsulotlarini sotish uchun Multibrand do‘konlar tashkil etiladi

    09.02.2021, 16:09

    Buxoroda 8793 nafar alimentdan qarzdor otaning mamlakat hududidan chetga chiqishi vaqtincha cheklandi

    09.02.2021, 15:46

    Buxoroda qo‘shnisining yerto‘lasidan 6 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

    09.02.2021, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.