Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tanzaniyada noma’lum infeksiyani yuqtirib olish oqibatida kamida 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda Africa Feeds nashri mamlakat sog‘liqni saqlash organlari vakillariga tayanib xabar bergan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Bu kasallik hozircha keng tarqalmagan, uning avj olishi faqat bitta ma’muriy okrugda yuz berdi, u yerda odamlar qon qusib, vaqtida kasalxonaga olib borilmaganlari o‘la boshladi”, — dedi Mbeya viloyati Chunya okrugi bosh shifokori Felista Kisandu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tekshiruv ko‘rsatishicha, asosan erkaklardan iborat bo‘lgan bemorlar oshqozon yarasi va jigar kasalliklaridan azob chekkan.

Mwananchi nashri qayd etishicha, Tanzaniya sog‘liqni saqlash vaziri mintaqaga ekspertlar guruhini yuborgan. Olimlar kasallikning avj olish sabablarini o‘rganishi va tadqiqot uchun namunalar olishi kerak.

O‘tgan yil dekabrida Hindistonning Eluru shahrida bir kishi noma’lum kasallikdan vafot etgani, yana 315 kishi xuddi shu kasallik belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar berilgan edi. Kasallanganlar 5-dekabr, shanba kuni shifokorlarga murojaat qila boshlagan. O‘sha kuni noma’lum kasallik belgilari Eluruning turli hududlarida yashovchi 45 kishida aniqlangan. 5-dekabrdan buyon 848 ta kasallanish holati aniqlangan. Bir kishi vafot etgan. Bemorlar bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tutqanoq tutishidan shikoyat qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga zaharlanish sabab bo‘lgan, u COVID-19’ga aloqador emas.

Noyabr oyida Senegalda o‘nlab baliqchilar ochiq okeanda noma’lum kasallikni yuqtirib olgan edi. O‘shanda Senegalda (G‘arbiy Afrikada joylashgan) 200 ga yaqin kishi noma’lum kasallikka chalingan, ular ochiq okeanda uni yuqtirib olgani taxmin qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda