• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Olimlar iqlim o‘zgarishi va COVID-19 kelib chiqishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

    Kembrij universiteti, Potsdam iqlim o‘zgarishini o‘rganish instituti va Gavai universiteti olimlari Xitoy janubidagi iqlimning o‘zgarishi va COVID-19 pandemiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 virusi paydo bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi. Bu haqda Kembrij universiteti bergan ma’lumotlarga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Tadqiqot davomida o‘tgan asr davomida Xitoyning janubiy Yunnan provinsiyasi hamda Myanma va Laos atrofidagi hududlarda o‘suvchi o‘simliklarda katta o‘zgarish yuz bergani aniqlandi. Iqlim o‘zgarishi, xususan, havo haroratining ko‘tarilishi, quyosh nuri va atmosferadagi karbonat angidridning o‘simlik va daraxtlarga ta’siri natijasida tropik butalar o‘z tabiiy o‘rnini tropik savannalar va yaproqlari mavsumiy bo‘lgan o‘rmonlarga o‘zgartirgan. Natijada, asosan, o‘rmonda yashovchi ko‘rshapalaklarning aksariyat turlari uchun munosib yashash muhiti paydo bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

    Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan asrda Xitoyning janubiy Yunnan provinsiyasiga yana 40 turdagi ko‘rshapalak va ular orqali yuzga yaqin koronavirus turi ko‘chib kelgan.

    Tadqiqotchilar bir asr avvalgi harorat, yog‘ingarchilik va bulutlarga oid qaydlardan foydalangan holda dunyo o‘simliklari xaritasini tuzdi. So‘ng ular 1900-yillar boshidagi har bir turning global tarqalishi uchun xizmat qilgan ko‘rshapalaklarning “sevimli” o‘simliklari haqidagi ma’lumotlardan foydalandi.

    Olimlarning fikricha, ko‘rshapalaklarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi hayvonlar va virus o‘rtasida o‘zaro yangi aloqa keltirib chiqaradi, natijada yanada zararliroq viruslar tarqaladi yoki rivojlanadi.

    Dunyodagi jami ko‘rshapalaklar taxminan 3 ming xildagi koronavirus uchun “ombor” bo‘lib xizmat qiladi, ushbu hayvonlarning har bir turida o‘rtacha 2,7 turdagi koronavirus mavjud — ularning aksariyati simptomsiz.

    Iqlim o‘zgarishi natijasida ma’lum bir mintaqada ko‘rshapalak turlari sonining ko‘payishi o‘sha yerda zararli koronavirusning paydo bo‘lish, yoyilish yoki rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin.

    Ko‘rshapalaklar tashiydigan koronaviruslarning aksariyati odamga yuqmaydi. Ammo ko‘rshapalakdan odamlarga bir nechta turdagi koronavirus, jumladan, o‘limga olib keladigan uchta: Yaqin Sharq respirator sindromi hamda og‘ir o‘tkir respirator sindromlari SARS-CoV-1 va SARS-CoV-2 yuqishi aniqlangan.

    Ta’kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan ko‘rshapalaklarga boy hududlarda, shuningdek, SARS-CoV-2 uchun oraliq xost bo‘lib xizmat qilgan sutemizuvchi pangolinlar ham yashaydi.

    Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan asrda iqlim o‘zgarishi Markaziy Afrika atrofidagi mintaqalar hamda Markaziy va Janubiy Amerikadagi tarqoq joylarda ko‘rshapalak turlarining ko‘payishiga olib kelgan.

    Avvalroq JSST mutaxassisi Uxan shahrida COVID-19 kelib chiqishiga oid muhim dalillar topilganini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, virus tarqalishida mahalliy oziq-ovqat bozorining roli mavjud.

    Undan avval Uxanga tashrif buyurgan JSST ekspertlaridan biri Vladimir Dedkov koronavirusning Uxandagi laboratoriyadan sizib chiqqanini tasavvur qilish qiyinligini aytgandi. Dedkov, shuningdek, Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida koronavirus infeksiyasining paydo bo‘lishi uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidlagan, chunki u sanitariya qoidalari nuqtayi nazaridan talablarga umuman javob bermaydi.

    Mavzuga doir:

    • Simptomsiz o‘tkazilgan koronavirusdan darak beruvchi belgilar ma’lum qilindi
    • JSST: COVID-19 mavsumiy infeksiyaga aylanishi mumkin

    08.02.2021, 19:34   Izoh (0)   33358
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidenti ikkinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishni va yuk samolyotlarini sotib olishni buyurdi

    08.02.2021, 18:47

    Bill Geyts pandemiyadan keyin insoniyat duch keladigan ikkita xavf haqida ogohlantirdi

    08.02.2021, 16:21

    Qirg‘iziston birinchi prezidenti Asqar Akayev Moskvada o‘g‘lining qabrini ziyorat qildi

    08.02.2021, 16:09

    Qozog‘istonda yaqin kunlarda havo -30 darajagacha sovib ketishi mumkin

    08.02.2021, 15:22

    JSST COVID-19’ga qarshi emlash bepushtlikka olib kelishini rad etdi

    08.02.2021, 14:48

    “Putinning qasri” haqidagi filmga Navalniyning Germaniyadagi villasi to‘g‘risidagi sujet bilan javob berildi

    08.02.2021, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.