Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ushbu yegulik koreys milliy taomi hisoblansa-da, o‘zbek oshxonasidan ham joy olgan. Pazanda bekajonlar esa retseptdan foydalangan holda pigodini juda mazali qilib tayyorlashi shubhasiz.

Foto: “Hi-chef.ru”

Foto: “Hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • Kefir − 250 ml;
  • Xamirturush − 10 gramm;
  • Shakar − 1 choy qoshiq;
  • Qiyma go‘shti − 200 gramm;
  • Karam − 300 gramm;
  • Piyoz − 1 dona;
  • Un − 300 gramm;
  • Tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Kefir biroz ilitiladi, tuz, shakar, xamirturush va un qo‘shib yumshoq xamir qoriladi. Iliq joyga qo‘yiladi.
  2. Mayda to‘g‘ralgan piyoz va qiyma qovurib olinadi. Karam ham to‘g‘ralib, qiyma bilan birgalikda qovuriladi va tuz, ziravorlar sepiladi.
  3. Qo‘llar yog‘lanib, xamir kichik bo‘laklarga ajratiladi. Qo‘l bilan yoyilib, o‘rtasiga qiymali nachinka solinadi. Xamir ikki tomondan pigodi shakliga keltiriladi.
  4. Pishiriladigan idishlar yog‘lanadi. Pigodilar bug‘da pishiriladi, shuning uchun mantiqasqon yoki ikki qavatli qozonga bir-biriga yopishmaydigan holatda joylashtirib chiqiladi.
  5. 35-40 daqiqa davomida pishiriladi. Yegulikni salat va souslar bilan iste’mol qilish mumkin.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi