Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yunusobod tumanida Amir Temur shoh ko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning bir tomoni ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Amir Temur shoh ko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning bir tomoni ‘Yunusobod’ metro bekatidan 7-son shahar klinik shifoxonasi yo‘nalishida transport harakati uchun vaqtincha yopiladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu ta’mirlash ishlarini tezroq yakunlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ishlar 13-fevral kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.

Hokimlik vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

Avvalroq mazkur ko‘prikning bir tomonidagi ta’mirlash ishlari yakunlanib, yo‘lning yopilgan qismi transportlar harakati uchun ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi