Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistonida dunyodagi eng baland, eng tez va eng uzun bo‘lgan “Amerika tepaliklari” attraksioni qurilmoqda, deya xabar bermoqda Unilad.

Kadr: Videodan skrinshot

Kadr: Videodan skrinshot

Xabar berishlaricha, attraksion loyihasi Shveysariyaning Intamin injiniring kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u dunyodagi yetakchi ko‘ngilochar bog‘lar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.

Falcon’s Flight deb nomlangan attraksion uzunligi to‘rt kilometrni tashkil etib, dunyodagi eng uzun attraksion hisoblanadi, u soatiga 250 kilometrgacha tezlikka erishadi. Attraksion 200 metr balandlikka ko‘tariladi va u yerdan 160 metr pastga tushadi.

Maxsus magnit moslama yo‘lovchilarni 200 metr balandlikka ko‘tarishga yordam beradi, keyin ular 90 daraja burchak ostida pastga tushadi. “Sayohat” atigi uch daqiqa davom etadi.

“Biz avval qilmagan ishimizni qilishni istaymiz. Ayni paytda yangi bog‘imiz barcha rekordlarni yangilaydiganga o‘xshaydi”, – dedi Qiddiya bosh direktori Filipp Gus.

Istirohat bog‘i 32 gektar maydonni egallaydi va 28 ta “Amerika tepaliklari” hamda boshqa attraksionlardan iborat bo‘ladi. Bog‘ oltita tematik zonalarga bo‘linadi. Qurilish 2018-yil aprel oyida boshlangan va 2023-yilda ochilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi