• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Adliya vazirligi 520 dan ortiq xorij tovarlarining davlat xaridlarida ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiqqa oydinlik kiritdi

    O‘zbekiston Adliya vazirligi nima sababdan 520 dan ortiq xorij tovarlarining davlat xaridlarida ishtirok etishiga vaqtincha taqiq qo‘yilganini asoslab berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Adliya vazirligining ta’kidlashicha, bugungi kunda koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.

    Shunga ko‘ra, raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida 29-yanvarda hukumat qarori bilan Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati tasdiqlangan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur ro‘yxat bilan bog‘liq turli talqinlar paydo bo‘lmoqda. Hukumat tomonidan mazkur ro‘yxatning tasdiqlanishini bir qator asoslar bilan izohlash mumkin.

    Birinchidan, qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Koronavirus pandemiyasi davrida aholining xarid quvvati pastligi hamda obyektiv sabablarga ko‘ra eksport imkoniyatlarining sezilarli darajada qisqarganligi oqibatida bir qator mahalliy tadbirkorlar faoliyatida uzilishlar ro‘y berdi. Ularning faoliyat yuritishini jonlantirish uchun davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojlarida mahalliy tadbirkorlar mahsulotlaridan foydalaniladi.

    Ikkinchidan, ichki bozorni, mahalliy tadbirkorlarni himoya qilish tendensiyasi boshqa davlatlarda ham amalga oshirilgan. Xususan, Rossiya hukumatining 2020-yil 30-apreldagi 617-sonli qarori bilan davlat xaridlarida 170 dan ortiq tovarlar va xizmatlar importi taqiqlangan.

    Uchinchidan, 2019-yilda mamlakatda 55 mingta korxona tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2020-yilda 96 ming 743 tani tashkil qilgan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ikki hissaga oshmoqda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘payishi aholi bandligini ta’minlash, soliq tushumlarining qo‘payishiga zamin yaratadi. Buning uchun, mahalliy tadbirkorlar bugungi kunda har doimgidan-da qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.

    To‘rtinchidan, taqiq va cheklov faqat davlat xaridlari doirasida mavjud, xususiy tadbirkorlar yoki fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun istalgan tovarni xarid qilishi yoki xizmatlardan foydalanishi mumkin.

    Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning avgustida “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga muvofiq, 1-noyabrdan:
    • ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan import tovarlari xaridlarining maqsadga muvofiqligi har chorakda kuzatuv kengashlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi;
    • xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlanadi va chegaralanadi;
    • davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar bo‘yicha tender (tanlov) ishtirokchilari takliflarini baholashda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining CIP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda preferensiya beriladi.

    04.02.2021, 11:46   Izoh (0)   11798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mast haydovchi skuterda inspektorlardan qochishga urindi. Ular jismoniy kuch ishlatishga majbur bo‘lgan

    04.02.2021, 11:22

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

    04.02.2021, 11:03

    “Toshkent metropoliteni” yangi metro stansiyalari nima sababdan nomlanmayotgani borasidagi tanqidlarga javob qaytardi

    04.02.2021, 10:46

    O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarning huquqlariga oid qator moddalar kiritilmoqda

    04.02.2021, 10:10

    Yangiyo‘lda maktab o‘quvchisini o‘g‘irlashga urinish holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi

    04.02.2021, 09:26

    Makro supermarketlar tarmog‘i Samarqand Darvoza’ni sudga berdi

    04.02.2021, 09:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.