Rossiya Bosh prokuraturasi mulkka qarshi jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
O‘zbekiston ekstraditsiya qilinganlar orasida aldov yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirganlikda, jabrlanuvchiga 27 ming AQSh dollari miqdorida zarar yetkazganlikda ayblanayotgan A.T. ismli fuqaro ham bor.
Shuningdek, qo‘lga olinganlardan yana biri T.S. ismli shaxs bo‘lib, u 2018-yil may oyidan iyun oyigacha Samarqand viloyatining Qo‘shrabod tumanida ishga joylashishda ko‘maklashish bahonasida 19 nafar fuqaroning mablag‘larini egallab olganlikda va ularga 500 dan 1000 dollargacha moddiy zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining B.M.ni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qanoatlantirgan. U takroran xavfli jinoyat sodir etganligi sababli 2018-yil 5-mayidan 24-iyunigacha bo‘lgan davrda Farg‘ona hududida aldov yo‘li bilan 1450 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirib olganlikda aybdor deb topilgan.
“Ushbu fuqarolar turli vaqtlarda Rossiya hududida hibsga olingan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ularni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida tegishli so‘rovlar tayyorlagan”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: