So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi

    01.02.2021, 18:59 18467

    Qozog‘istonda 1-fevraldan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Tengrinews nashri ushbu emlashga bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mamlakat aholisi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanmoqda. Hozirda Rossiyaning vaksinasi Qozog‘istondagi Qarag‘anda farmatsevtika majmuasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

    Shu bilan birga, Qozog‘iston tomonidan ishlab chiqilgan QazCovid-in vaksinasi bilan aholi ommaviy ravishda 2021-yil mart oyidan boshlab emlandi. Bu vaksina hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyning so‘zlariga ko‘ra, emlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    Birinchi bosqichda yuqumli kasalliklar shifoxonalari, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, intensiv terapiya bo‘limlari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, shoshilinch tibbiy yordam, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat yuz mingga yaqin odam 2021-yil 1-fevraldan boshlab ushbu vaksina bilan emlanadi.

    Ikkinchi bosqichda 2021-yilning mart oyidan 150 mingga yaqin umumta’lim maktab hamda universitet o‘qituvchilari va tibbiy xizmat xodimlari emlanadi.

    Uchinchi bosqichda maktab-internatlar, maktabgacha ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, o‘quvchilar, surunkali kasalliklarga chalingan odamlar aprel oyidan boshlab vaksina qabul qiladi. Keyin bosqichma-bosqich, 2021-yil oxiriga qadar olti millionga yaqin qozog‘istonlikni emlash rejalashtirilgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, emlash ixtiyoriy ravishda faqat emlanadigan kishining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qozog‘istonning “Odamlar salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi to‘g‘risida”gi kodeksining 77-moddasiga muvofiq, qozog‘istonliklar profilaktika vaksinalarini olishdan bosh tortish huquqiga ega.

    Shuningdek, mamlakatda elektron emlash pasportlarini joriy etish rejalashtirilgan. Elektron emlash pasporti – bu profilaktik emlashlar olinganligini tasdiqlovchi hujjat. Unda odam qanday dori-darmonlarni qabul qilgani, qaysi dozalarda, qaysi sanalarda bo‘lgani va emlashdan keyin qandaydir nojo‘ya ta’siri bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Biror kishi koronavirusga qarshi vaksinani qabul qilishi bilanoq bu haqda ma’lumot eGov mobil ilovasida aks etadi.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy dastlab emlash barcha qozog‘istonliklar uchun bepul bo‘lmaydi, dedi. Shifokorlar, o‘qituvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan tashqari, barcha uchun vaksina pullik bo‘lishi ta’kidlandi.

    Biroq, keyinchalik mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Shoranov qozog‘istonliklar bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida emlanishlari mumkinligini ma’lum qildi.

    Jon Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 235 844 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Bemorlarning 3046 nafari vafot etgan.

    Avvalroq Qirg‘iziston saqlash sharoitlarini ta’minlay olmasligi sababli Pfizer vaksinasidan voz kechgani, Qozog‘istonliklar koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar ustidan yana sudga murojaat qilgani hamda mamlakat koronavirus tarqalishi bo‘yicha “sariq” zonaga o‘tgani haqida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

    Bugun, 13:29

    “Britni janob Spirsga qarshi”: Shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqidagi hujjatli filmlar

    Bugun, 12:57

    Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda

    Bugun, 12:47

    “Tolibon” yarim yilda 4 mingga yaqin odamni giyohvand moddalar savdosida ayblab hibsga oldi

    Bugun, 12:35

    Novey kompaniyasi rebrending o‘tkazdi. Kompaniyani qanday o‘zgarishlar kutmoqda

    Bugun, 12:00

    Qashqadaryo va Farg‘onada pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi

    Bugun, 12:26

    Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga dron va raketalar bilan hujum qildi (foto)

    Bugun, 12:11

    O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘ladi

    Bugun, 12:07

    Issiq choy va ingalyatsiya: tumovni tezda tuzatishga yordam beradigan tavsiyalar

    Bugun, 11:54

    AQSHda ikkinchi marta cho‘chqa yuragi odamga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi

    Bugun, 11:38

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?