• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Islom Karimov kam ta’minlanganlar bilan ko‘p pul egalarining orasidagi masofani kamaytirish kerak, derdi” — Birinchi Prezidentning xos soqchisi

    Islom Karimov kam ta’minlanganlar bilan ko‘p pul egalarining orasidagi masofani kamaytirish kerak, derdi. Bu haqda O‘zbekiston Birinchi Prezidentining 1990—1992-yillardagi xos soqchilari boshlig‘i bo‘lgan Sa’dulla Muhamadqulov “Rost24”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Bu ularning prinsipi edi”, — degan Sa’dulla Muhamadqulov va Birinchi Prezident haqidagi boshqa xotiralari bilan ham bo‘lishgan.

    “Men bir kishi bilan gaplashganimda, Islom aka haqida rus tilida aytganda ‘umneyshiy chelovek’ degandi. Men nega uning gapini eslayapman? Juda kamdan kam rahbarlar hujjatlar bilan ishlaydi. Islom Abdug‘aniyevich shunchalik kuchli inson edilarki, ular har bir hujjatni boshidan oxirigacha ko‘rar, kerak bo‘lsa, qayta ishlar yoki qaytarardi. Bitta konstitutsiyani ustida qancha ishlaganlar. Barcha hujjatlarni o‘zlari tuzatib chiqardi. Nima uchun? Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun”, — degan u.

    Sa’dulla Muhamadqulovning aytishicha, Islom Karimov davrida katta kreditlar, qarzlar olinmaganiga guvoh bo‘lish mumkin. Moliyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro tashkilotlarni u bir qadam uzoqroq ushlab turgan.

    “Yana bir narsa, Amerika bazasi shu yerga olib kelingandan keyin biroz vaqt o‘tdi-da, Andijon voqealaridan keyin bir og‘iz so‘z bilan mana shu yerdan chiqarib yubordilar. Amerikani o‘z hududidan chiqarib yuborish uchun qanday katta qat’iyat kerak? Shu ularning kuchi edi. Yana bir narsa — vafot qilganlaridan keyin Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin kelib ularning qabrlariga gul qo‘yayotganda bosh egdi va tizzaladi. Nima uchun? Putin u kishini ustozim, deb bilardi. Rossiyada vaqtida shokoterapiya qilinayotgandi. Bular bu narsaga yo‘l qo‘ymadilar. Og‘ir ahvolga xalqni qo‘yishni xohlamadilar. Ular haqiqiy inson edilar. Bunday insonlar yuz yilda bir marta keladi”, — deb ta’kidlagan Sa’dulla Muhamadqulov.

    Mavzuga doir: Putin Samarqandda Islom Karimovning qabriga gullar qo‘ydi (foto va video)

    Bundan tashqari, Birinchi Prezidentning xos soqchisi Karimovning hayotida xavfli kunlar bo‘lganini ham aytib o‘tgan.

    “Namangan voqeasi, Nukus voqeasi, Parkent voqeasi, Bo‘ka voqeasi, Farg‘ona voqeasi… Farg‘ona voqeasi bir oy davom etgandi, 2-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan bo‘lsa, ular iyundan ishga kelganlar, Farg‘onada qancha odamning uyi yonib ketgan bo‘lsa, qancha odam halok bo‘lgan bo‘lsa, bittalab uyiga kirib chiqqanlar. O‘z sog‘lig‘i, joni uchun xavf tug‘diradigan hech narsadan qo‘rqmasdi u. Bilasizmi, Parkent voqealarida odamlar bir-birini o‘ldirgan. Bu odam borib, o‘zlari hal qilganlar shu nizoni ham. Keyin yana bir narsaki, u odam nafaqat qo‘rqmas, balki mard inson ham edi. Chunki kuchsizlarni ustidan bular hech qachon hukm surmagan, bular kuchlilarga kuch paydo qilishga yordam bergan”, — deb xotirlaydi u.

    Islom Karimovning so‘nggi kunlari haqida to‘xtalib o‘tib, bu vaqtda u ishlamaganini, lekin, har bir katta loyihani, million dollardan tepada bo‘lgan hamma loyihalarni Prezident o‘zi nazorat qilganini, respublikadagi har bir masalani o‘z boshida ushlab turish bu juda katta og‘ir yuk hisoblanishini, shu yukni oxirida ko‘tara olmay insult, qon quyilishi bo‘lganini bildirgan. “U bo‘ldi, bu bo‘ldi deganlarga ishonmang. Men ham ishonmayman. U odam hech qachon yomon yo‘lga boradigan inson emasdi”, — degan Sa’dulla Muhamadqulov.

    “Sharof Rashidovich to‘g‘risida to‘qqiz yil turli gaplar gapirildi. O‘zini otdi, o‘zini zaharladi deb, lekin maqolamda yozganman, u ham infarkt edi. Odamlar to‘qimalarni aytishgan. Aslida infarkt bo‘lganiga o‘zim guvohman. 4 yil Sharof akaning ham yonlarida men bo‘lganman, oxirgi suvni men berganman. Qo‘limda jon berganlar. Go‘rkovlar bilan birga olib borib qo‘yganmiz. Nima uchun bu gaplarni aytyapman. Bu insonlar judayam kamdan kam insonlarda uchraydigan hislatlarga ega bo‘lishgan. Shular bilan ishlaganimdan, shularning xavfsizligini ta’minlaganimdan faxrlanaman...”, — degan Birinchi Prezidentning xos soqchisi.

    Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 1991-yildan umrining oxirigacha — 25 yil davomida O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgan. U 2016-yilning 2-sentabr kuni vafot etgan, 3-sentabrda Samarqandning Hazrati Xizr masjididagi qadimiy qabristonga dafn etilgan. Karimov vafot etgan sana har yili Birinchi Prezident xotira kuni sifatida yod etiladi. Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar esa har yili keng nishonlanadi.

    2021-yil 30-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat ko‘rsatdi. Samarqand va Qashqadaryoda ham Islom Karimov tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazildi.

    31.01.2021, 13:29   Izoh (0)   66030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Afsuski, O‘zbekistonda xattotlik maktabi yo‘q bo‘lib ketyapti”

    31.01.2021, 10:12

    SSV koronavirusning yangi shtammi aniqlangan qizcha haqida nima uchun 1 haftadan keyin e’lon qilinganiga izoh berdi

    30.01.2021, 21:39

    Toshkentda xalqaro aeroportida 32 yoshli ayolni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan egizaklar qo‘lga olindi

    30.01.2021, 21:34

    Chinoz tumaniga yangi hokim tayinlandi

    30.01.2021, 21:12

    “Yeb ketilgani” aytilgan saxovat pulining 60 mln so‘mi qashqadaryolik ayollarga qaytariladigan bo‘ldi

    30.01.2021, 20:38

    YuNISEF O‘zbekistonga ijtimoiy himoyani mustahkamlash uchun uskunalar sovg‘a qildi

    30.01.2021, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.