• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Bulg‘or qalampirining ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan foydali xususiyatlari

    Bulg‘or qalampiri nafaqat yoqimli, shirin ta’mga ega, balki inson organizmi uchun foydali bo‘lgan sabzavot hisoblanadi. Biologik ta’siriga ko‘ra farq qiluvchi qizil, sariq, yashil navlari mavjud.

    Foto: “aif.ru”

    Foto: “aif.ru”

    Shirin qalampirning asl vatani Amerika. U yerda qalampir ekish va sug‘orishni talab qilmaydigan ko‘p yillik butalarda o‘sadi. Amerikadan XVI asrda Kolumb dengizchilari Ispaniyaga olib kelgan, keyin Yevropa va Kichik Osiyoga tarqalgan. Birinchi shirin qalampir navlari Venger va Bulg‘or seleksionerlari tomonidan XX asr boshlarida yaratilgan. Hamma sevib qolgan birinchi shirin qalampir navlari shu tarzda paydo bo‘lgan . Rossiyaga esa XIX asrda bulg‘or ko‘chmanchilari bilan birga kirib kelgan va juda sevimli sabzovotga aylangan. Shundan buyon u bulg‘or qalampiri, deb yuritiladi, aytmoqchi, Rossiya va MDH davlatlarida shunday nom bilan tanilgan, Yevropa va boshqa mamlakatlarda esa shirin qalampir, deb nomlanadi.

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bulg‘or qalampiridan muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi, ovqat hazm qilish tizimlarini yaxshilaydi, saraton, anemiya va ko‘rish kassaliklarining oldini oladi. Hatto ba’zi dorilar uning asosida ishlab chiqariladi.

    Foto: “fermoved.ru”

    Foto: “fermoved.ru”

    Mahsulotning foydali xususiyati

    100 gramm bulg‘or qalampirida quyidagi vitamin va minerallar mavjud:

    • C vitamini – 250 mg;
    • A vitamini – 333 mkg;
    • V 6 vitamini – 50 mkg;
    • V 9 vitamini – 17 mg;
    • E vitamini – 67 mkg;
    • kaliy – 163 mg;
    • marganets – 16 mg;
    • fosfor − 16 mg;
    • magniy − 7 mg;
    • temir − 60 mg.
    C vitamini immunitet tizimini mustahkamlaydi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi. V 6 vitamini qonning yetarli darajada hosil bo‘lishi uchun juda muhimdir. V 9 vitamini homiladorlik paytida homila to‘qimasini shakllantirishda juda foydali. Kaliy qon bosimi va yurak faoliyati uchun mas’uldir. A vitamini ko‘rish faoliyatini normallashtiradi. Bulg‘or qalampirining 92 foizi suvdan iborat va juda kam kaloriyaga ega.

    Antioksidantlarning mavjudligi

    Antioksidant moddalar xavfli o‘sma kasalliklari , shuningdek yurak-qon tomir va endokrin tizim kasaliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

    Ko‘rish faoliyatini yaxshilash xususiyati

    Ko‘z kasalliklari orasida yoshga bog‘liq ko‘z pardasi degeneratsiyasi va katarakta eng ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Kanada va amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, qalampir tarkibidagi lyutein va zeaksantin moddalari ko‘zdagi degenerativ va patologik o‘zgarishlarini oldini oladi va katarakta kasalligi rivojlanish xavfini xam 42 foizga kamaytiradi.

    Foto: Food-Mood

    Foto: Food-Mood

    Anemiya profilaktikasi

    Anemiya qonda eritrotsitlar yoki gemoglobin darajasining pasayishi bilan tavsiflanadigan holatdir. Anemiya odatda homiladorlik paytida, surunkali buyrak kasalligi yoki tez-tez qon yo‘qotish fonida, noto‘g‘ri ovqatlanish sababli yuzaga keladi.

    Qizil bulg‘ori qalampiri temir manbayi bo‘libgina qolmay, balki C vitaminiga ham boy, bu temir moddasining ichaklarda so‘rilishini yaxshilaydi. Fransiyalik mutaxassilarning ta’kidlashicha, C vitaminiga boy bo‘lgan har qanday meva yoki sabzovotlar anemiyaning oldini olish va davolash uchun foydalidir.

    Ovqat hazm qilish tizimi

    Argentinada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shirin qalampir oshqozon-ichak trakti faoliyatini normallashtiradi, diareya va ich qotishining oldini oladi.Tarkibida juda ko‘p miqdorda tola bo‘lganligi sababli, qalampir ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi: u foydali mikroorganizmlarning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Patogen bakteriyalarning hayotiy faoliyatini so‘ndiradi. Bulg‘or qalampirini doimiy iste’mol qilish yo‘g‘on hamda to‘g‘ri ichakda xavfli o‘sma paydo bo‘lishining oldini oladi.

    Yurak-qon tomir kasalliklari

    Fransiya olimlarining fikriga ko‘ra, qalampirda tola va C vitamini borligi sababli qon sifati yaxshilanadi va arterial tomirlar ichki qoplama hujayralarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kapsaitsin qondagi yomon xolesterin miqdorini kamaytiradi, shuningdek, hujayralar yallig‘lanishining oldini oladi. Natijada ateraskleroz va unga bog‘liq kasaliklar: yurak, qon tomirlari kasalligi, miokard infarktining oldini oladi. Kaliy qon bosimini pasaytiradi va yurak urishini normallashtiradi, bu nafaqat gipertoniya kasalligini rivojlanishining oldini oladi, balki uning asoratini ham bartaraf etadi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olish uchun doimo shirin qalampir iste’mol qilish tavsiya etiladi.

    Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi

    Mavzuga doir:

    • Tish og‘rig‘i, allergiya va choy da’vo bo‘ladigan yana uchta kasallik
    • Qahva, uzum sharbati va kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beruvchi uch mahsulot
    • Nima uchun muhim? K vitaminining organizm va salomatlikka foydasi
    • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi?

    29.01.2021, 14:56   Izoh (0)   35392
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vertigo xuruji: Bosh aylanganda nimalarga e’tibor berish kerak?

    28.01.2021, 18:35

    Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar

    28.01.2021, 17:36

    Labga uchuq chiqsa nima qilish kerak?

    28.01.2021, 15:57

    Buyraklar ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan 6 odat

    28.01.2021, 12:58

    Ortiqcha vazn ayollarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi? Shifokor javob beradi

    28.01.2021, 10:34

    Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi?

    28.01.2021, 09:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.