Hayvonlarni himoya qilish qirollik jamiyati olti yoshli dengiz cho‘chqachalarini o‘z qarmog‘iga oldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Esseks grafligida yashaydigan egasining bundan buyon g‘amxo‘rlik qila olmasligi sabab asrab olingan cho‘chqachalardan biri — Eminining ko‘zlari ko‘rmaydi. Bundan tashqari, uning boshi qiyshiq va qulog‘ida ham muammo bor.
Ammo ushbu kamchiliklar Emiga xalaqit bermaydi, chunki opasi Yuki uni yolg‘iz tashlab qo‘ymaydi. Ularga keltirilgan taom paketining shiqirlaganini eshitib, birinchi bo‘lib Emi ko‘rinish beradi. Lekin u Yukining kelishi va unga ko‘maklashishini kutadi.
Tashkilot xodimlari opa-singillar o‘rtasidagi aloqalarning kuchli ekani sabab ularni bir-biridan ayirishni istamaydi va har ikkisini baravar asrab oladigan insonni qidirmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)