• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Chet elda faqat boylarning bolasi o‘qiydi deyishardi”. Yevropaning yarmini kezgan va Polshada dasturchilikka o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba hikoyasi

    “Daryo” “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida xorijda o‘qiyotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz hayotini yoritishda davom etadi. Loyihaning bu galgi qahramoni — Polshada tahsil olayotgan Adham Umrzoqov. 

    Adham Umrzoqov Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. Hozir 24 yoshda. Ingliz, ispan, rus va polyak tillarini biladi. Ayni paytda Varshava texnologiyalar universitetining 4-bosqich talabasi.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Uydagilarim xorijda faqat boylarning farzandi o‘qiydi, deyishardi

    Bolaligimdan tarix fanini, qolaversa, tarixiy filmlarni juda yaxshi ko‘rar edim. Har doim kinoda ko‘rgan, kitobda o‘qigan joylarimga xayolan sayohat qilardim. O‘sha paytlari ulg‘aysam, o‘ngimda ham shu yerlarga, albatta, boraman deb niyat qilgandim.

    Bu orzum litseyda o‘qish davrida yanada mustahkamlangan. Boisi aynan xorijiy filologiya yo‘nalishida tahsil olayotganim uchun bitiruvchilarning xorijda o‘qishga kirganligi haqida ko‘p eshitardim. Tabiiyki, bu xabarlar oldimga qat’iy bir maqsad qo‘yishimga undagan.

    Biroq boshida ota-onam qarshi bo‘lgan. Chunki ular xorijda boylarning farzandlari yoki o‘ta bilimdon bolalar o‘qiydi deb o‘ylar edi. Lekin men ularning gapiga quloq solmay, ingliz tilini o‘rgana boshladim. Shu orada IELTS’ga tayyorlanish uchun Toshkentga keldim. Bir yildan so‘ng IELTS imtihonini topshirib, 6 ball oldim. Niyatim jiddiyligini tushungan ota-onam xorijga ketishimga rozi bo‘ldi.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Yevropada o‘qish qimmatlik qilar edi

    Dastlab Yevropa universitetlariga qiziqishim kuchli bo‘lgan. Afsuski, men orzu qilgan Germaniya, Angliya, Fransiyada kontrakt narxlari, o‘qish xarajatlari qimmatligi bois qiziqishim so‘ngan.

    Xullas, qayoqqa topshirishni bilmay ikkilanib yurgan paytlarim Latviyada o‘qiydigan do‘stim bilan gaplashib qolganman. U Rigada o‘qish xarajatlari boshqalarga qaraganda ancha arzonligini aytib, Latviya davlat universitetiga kirishimni tavsiya qilgan. O‘ylab o‘tirmay, shu universitetga hujjatlarimni topshirdim. Hamda Latviya davlat universitetining xalqaro aloqalar yo‘nalishiga kontrakt asosida qabul qilindim.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Kichkina Parij

    Latviya – juda chiroyli mamlakat. Ayniqsa Rigaga sayohat qilsangiz, o‘zingizni xuddi kichkina Parijga tushib qolgandek his qilasiz.

    Afsuski, biroz vaqt o‘tib yashash, o‘qish xarajatlarining yuqoriligi menday oddiy talaba uchun qiyinchilik tug‘dira boshlagan.

    Shu bois yozda birinchi marta Polshaga ishlashga keldim. Ish paytida bir hindistonlik yigit bilan tanishib qoldim. U dasturchilik sohasida ishlab, anchagina daromad qilayotganini, meni ham shu yo‘nalishga qiziqib ko‘rishimni tavsiya qildi.

    Surishtirib ko‘rsam, bir davlatdan ikkinchisiga fanlar to‘g‘ri kelsa, o‘qishni ko‘chirish mumkin ekan. Berilgan fanlarni qo‘shimcha darslik sifatida o‘rganishingiz kerak. Xullas, bemalol o‘qishni o‘tkazish imkoni borligi uchun tanishimning maslahati bilan Polshada dasturlashga o‘qitadigan universitet izlay boshladim. O‘qitish tizimi, yashash xarajatlari ma’qul kelgani uchun Varshava texnika universitetini tanladim.

    O‘qishimni ko‘chirish uchun dastavval matematika va ingliz tilidan test topshirganman. Yana tanlagan yo‘nalishga (fakultetga qarab kamida) 5-6 ball atrofidagi IELTS sertifikati kerak bo‘lgan. Barcha imtihonlardan yaxshi o‘tib, ikkinchi bosqichdan o‘qiy boshladim.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Polyaklarning ikki kunlik to‘ylari va ajoyib urf-odatlari haqida

    Polshada, ayniqsa, polyaklarning urf-odatlari hayratlantirgan. Masalan, ular farzandining tug‘ilgan kunidan tashqari unga ism qo‘yilgan sanani ham alohida bayram sifatida nishonlar ekan.

    Yana bir qiziq tomoni, ularda Poprawiny deb nomlangan kecha bor. Bu polyak xalqi orasida ikkinchi to‘y kechasi deb aytiladi. Uni to‘yga kelolmagan mehmonlar yoki yaqinlar bilan birgalikda nishonlashadi. Ikkinchi to‘y kechasida ham kelin-kuyov birinchi kundagidek libosda bo‘ladi.

    O‘rtacha ish haqi — 730 dollar

    Polshada talaba sifatida ishlash hamda o‘qish ancha qulay. Chunki bu yer boshqa Yevropa davlatlariga qaraganda ancha arzon. Hozirgi kunda Polshada o‘rtacha ish haqi 2 800 zlota (Polsha valyutasi) – 730 dollar.

    Polshada talabalar o‘qishdan tashqari haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat berilgan. Restoran va tamaddixonalarda ishlashlari mumkin. Agar haydovchilik guvohnomasi bo‘lsa, taksichilik qilishga ham ruxsat bor.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Talabalarning xarajatlari haqida

    Ko‘pchilik Polshada talabalarning yashashiga qancha pul ketadi deb so‘raydi. Men arzon yoki qimmat deyolmayman. Chunki kimgadir 200 dollar ham qimmatlik qilishi mumkin. Keling, yaxshisi aniq summalarda hisoblab beraman.

    Masalan, talabalar turar joyi o‘rtacha 90-140 yevro atrofida. O‘zim ham talabalar yotoqxonasida turib, oyiga 150 dollar to‘lov qilaman. Kontraktim yiliga 2 900 yevro.

    Mahalliy transportlarga o‘rtacha 11-13 yevro, sog‘liq sug‘urtasiga 9-13 yevro, oziq-ovqat va qo‘shimcha xarajatlar uchun 200 yevro. Qisqa qilib aytganda, talaba bir oy davomida 330-430 yevro atrofida pul sarflaydi.

    Ishga kirish uchun 80 yaqin rezyume yuborganman

    Hozirda o‘qishdan tashqari Deloitte kompaniyasida amaliyotchi-dasturchi bo‘lib ishlayman. Maoshim 500-1000 dollar atrofida.

    Ish joyim haqida qisqacha aytib o‘tsam. Deloitte kompaniyasiga 1845-yili Buyuk Britaniyada asos solingan. Bu yerga ishga kirishdan oldin boshqa kompaniyalarga salkam 80 ga yaqin rezyume jo‘natganman. Nihoyat Deloitte xodimlari pochtamga amaliyotchi sifatida ishga qabul qilinganim xabar yuborgan. Juda xursand bo‘lganman. Ochig‘i, bu yerga oyliksiz ishga kirishga ham rozi edim. Sababi, kompaniya Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik to‘rtinchi xususiy kompaniya hisoblanib, ishga faqat tajribali dasturchilarni qabul qiladi. Bunday nufuzli joyga ishga kirganim o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirgan.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Ilk Yevropa safarim Latviyadan boshlangan

    Polsha yashash va sayohat uchun qulay joyda joylashgan. Boltiq dengizi orqali Skandinaviya davlatlariga chiqish imkoniyati bor. Shu bois hozirga qadar 15 dan ortiq davlatlarga jumladan Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Avstriya, Shveysariya, Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya, Chexiya, Polsha, Vengriya, Germaniya, Fransiyaga sayohat qilganman.

    Talabadan abituriyentlarga tavsiyalar

    Xorijda o‘qishni niyat qilgan yoshlar, avvalo, oldilariga aniq maqsad qo‘yib olishlari kerak. Chetda haqiqatan tahsil olish yoki daromad qilish uchun ketyapsizmi, yaxshilab bilib oling va shunga qarab universitet tanlang.

    Shuningdek, nafaqat ingliz tili, balki borayotgan mamlakatingizning, u xalqaro maqomga ega bo‘lmasa ham, davlat tilini o‘rganing. Chunki o‘zim Polshada kelganimda boshida polyak tilini bilmaganim uchun ko‘p qiynalganman. Keyin repetitorga qatnab, astoydil o‘rganganman.

    Davlat tilini yaxshi bilishim ayni paytda menga katta yordam beryapti.

    Ikkinchi tavsiyam hujjatlar tayyorlash bilan bog‘liq. O‘z misolimda aytsam, Yevropaga kelishimda bu borada unchalik qiynalmaganman, chunki qanday hujjatlar kerakligi haqida Latviyadagi tanishimdan barcha ma’lumotlarni olganman.

    Agar siz borayotgan mamlakatda tanishingiz bo‘lmasa, yaxshisi, universitet veb-saytidan oling. Agar u ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, universitet ma’muriyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laning. Ular sizning savollaringizga aniq va batafsil javob beradi.

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Foto: Adham Umrzoqov arxividan

    Polsha dasturchilarni yetishtirib chiqarish bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi. Agar dasturlashga yoki kompyuter sohasiga qiziqsangiz, o‘qish uchun sizga Polshani tavsiya qilaman.

    Onam meni xorijda o‘qitish uchun Yamanda ishlab kelgan

    Biz oilada besh kishimiz: dadam, onam, ikkita opam va men. Dadamlar hozirda uyda dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Onamlar shifokor, katta opam hamshira, ikkinchisi esa maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

    Mening orzularimga yetishimda ota-onamning va Niyozbek tog‘amning hissalari katta bo‘lgan. Onam meni o‘qitish uchun Yamanda bir muddat shifokor bo‘lib ishlab kelganlar. Hamisha ularga mos farzand bo‘lishga harakat qilaman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Loyihada ishtirok etishni istagan xorijda o‘qiyotgan, mehnat faoliyati olib borayotgan yurtdoshlarimiz Telegram’dagi @daryomuxbiri’ga murojaat qilishlari mumkin.

    Mavzuga doir: 

    • “Agar o‘zbeklar Iordaniya haqida bilganidami, jon deb kelgan bo‘lardi”. Ammanda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Fadriyya Farhod hikoyasi
    • Barchaga bag‘rini ochgan Shvetsiya nega o‘zbekistonliklarni qabul qilmayapti? Shvetsiyada sakkiz yildan beri yashayotgan Aisha Aliyeva hikoyasi“
    • Hayotimizni yaxshilash uchun Portugaliyaga kelganmiz”. Portugaliyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan o‘zbekistonlik ayol hikoyasi
    • “Bir yilda o‘rtacha 15 daqiqa elektr o‘chishi mumkin”. Daniyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayol bilan suhbat
    • Rossiyaga o‘qishga borgan talabani qanday hayot kutmoqda? O‘zbekistonlik Zarnigor Omonillayeva hikoyasi
    • Google’da ishlayotgan o‘zbek yigiti nima uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi emas?
    • Buyuk Britaniyada o‘qib, hozirda o‘sha yerda ishlayotgan o‘zbekistonlik Nurxon Egamova hikoyasi
    • Milliarderlar poytaxti Dubayda ishlayotgan o‘zbekistonlik Murod Komilov hikoyas
    • 13 marotaba IELTS imtihonini topshirib, 8.5 ball natijani qayd etgan Bekzod Mirahmedov hikoyasi
    • “Barchasi uchun Xitoydan minnatdorman!” Xitoyda doktoranturada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik Nafosat Tojiboyeva hikoyasi
    • Germaniyada o‘qish osonmi? O‘zbekistonlik talaba hikoyasi
    • Kim bo‘lsang ham eng yaxshisi bo‘l! Garvard tibbiyot oliygohining ilmiy tadqiqotchisi o‘zbekistonlik Jamshid Jambulov hikoyasi

    28.01.2021, 19:23   Izoh (0)   117112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.