“Chelsi” Premyer Liga 20-turida 27-yanvar kuni “Vulverhempton” bilan o‘ynadi. Tomas Tuxelning londonliklar boshqaruvidagi ilk o‘yinida 0:0 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Foto: Goal

“Chelsi” futbolchilari mazkur bahsda 820 ta aniq uzatma amalga oshirdi va o‘yinning 78,9% qismida to‘pga egalik qildi.

Shuningdek, “ko‘klar” birinchi bo‘limda 433 ta aniq uzatma amalga oshirishga erishdi.

Har uchala ko‘rsatkich Premyer Ligada statistika hisoblanishi boshlangan 2003/04-yilgi mavsumdan keyingi eng yuqori natija hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Tuxel o‘yindan bir kun avval “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlandi. U londonliklar boshqaruvida Frenk Lempardning o‘rnini egalladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!