• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Amalga oshmagan samodagi darslar. “Chellenjer” halokatiga 35 yil to‘ldi

    Bundan 35-yil muqaddam 1986-yilning 28-yanvar sanasida NASA’ning “Chellenjer” shattli halokatga uchragan edi. “Daryo” sana munosabati bilan mazkur voqea haqida hikoya qiladi. 

    NASA’ning Space Shuttle dasturi ko‘p martalik kosmik kemalardan foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u maxsus raketalar orqali orbitaga eltiladigan shattllarning Yerga o‘zi samolyotdek qaytishi va uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘zi qo‘nishi orqali bajariladigan parvozlardan iborat bo‘lgan. Space Shuttle dasturi mohiyatan o‘ta qimmat bo‘lgan bir martalik kosmik kemalar parvozini tannarx jihatdan keskin arzonlashtirishni maqsad qilgan edi. Shu sababli ham u aynan bitta kosmik kemaning orbitaga bir necha marta parvozini tashkillash g‘oyasiga ko‘ra “shuttle”, ya’ni moki degan norasmiy nom olgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    NASA ushbu dastur doirasida jami 8 ta shattl barpo etgan. Ulardan 2 tasi shunchaki ko‘rgazma namunasi sifatida qoldirilgan va yana bittasi – Enterprise shattli esa sinov parvozlarini atmosferaning yuqori qatlamlarida amalga oshirgan xolos. Ya’ni u orbitaga umuman chiqmagan. Shu tariqa 1981-2011 yillar mobaynida mazkur Space Shuttle dasturi doirasida NASA’ning jami 5 ta shattli umumiy hisobda 135 marotaba koinotga parvozni amalga oshirgan edi.

    Ushbu 5 ta asosiy missiya shatllaridan biri - “Chellenjer” shattli 1986-yilning 28-yanvar sanasida, ya’ni bundan 35-yil muqaddam halokatga uchragan edi.

    “Chellenjer” shattli 1870-yillarda tarixda ilk kompleks okeanografik ekspeditsiyani amalga oshirgan “Chellenjer” harbiy kemasining sharafiga nomlangan. Shattl 1982-yilda foydalanishga qabul qilingan bo‘lib, ilk orbital parvozini 1983-yilning aprelida amalga oshirgan. Chellenjer jami 10 marta koinotga parvoz qilgan va o‘sha o‘ninchi parvoz halokat bilan yakunlangan. Muvaffaqiyatli bajarilgan 9 ta parvozlarda bu kosmik moki vositasida NASA qator tarixiy yutuqlarni ham qo‘lga kiritgan, chunonchi, aynan Chellenjer parvozida birinchi marta shattldan turib ochiq fazoga chiqilgan va ilk bor ayol astronavt ham parvoz qilgan edi. Shuningdek, Chellenjerning 1984-yilgi parvozida ilk bor NASA koinotga ikkita ayol astronavtni uchirgan. Qolaversa, Chellenjer qator sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqqan va orbitada muhim eksperimentlar ham o‘tkazgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1986-yil 28-yanvarda amalga oshirilgan 10-parvoz esa afsuski, fojia bilan yakunlandi. Ushbu parvoz, dastavval 1985-yilning iyul oyiga mo‘ljallangan bo‘lgan. Uni ma’lum sabablarga ko‘ra, o‘sha yilning noyabriga qoldirilgan. Noyabrdagi start ham muayyan texnik vajlar sababli 1986-yilning yanvariga ko‘chirilgan. Yanvarda esa shatllar parvozi amalga oshiriladigan Kanaveral burnida qish qattiq keladi. Shu sababli avvaliga ma’lum sanani tanlashga qiynalgan mutaxassislar yakunda 22-yanvar kuni startni amalga oshirishga qaror qilishadi. 22-yanvarda ham ob-havo sharoiti yomon bo‘lgani uchun start yana qoldiriladi va nihoyat 28-yanvar kuni ushbu uzoq kutilgan parvozni amalga oshirishga qaror qilinadi.

    Parvozdan ko‘zlangan maqsad, orbitaga yana bir sun’iy yo‘ldoshni olib chiqish bilan birga, yaqinlashib kelayotgan Galley kometasini kuzatishga mo‘ljallangan Spartan nomli apparaturani ham fazoga uchirishdan iborat bo‘lgan. Qolaversa, mazkur, o‘ninchi parvozning AQSh ta’lim tizimi uchun muhim ijtimoiy ahamiyati ham bo‘lishi kutilayotgan edi. Chunki bu safargi parvozda tarixda ilk bor, professional bo‘lmagan astronavt – oddiy o‘qituvchi Kristi Makoliff ham kosmik kema bortida bo‘lib, u orbitadan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda dars o‘tishi, shu orqali esa o‘quvchilar va aholi orasida ilm-fanning yanada ommalashishiga erishilishi maqsad qilingan edi. O‘ninchi parvozda o‘qituvchi Makoliffdan tashqari yana 6 ta astronavt parvozga chiqqan edi. Ular 46 yoshli kapitan Frensis Dik, 40 yoshli ikkinchi uchuvchi Maykl Smit, ilmiy xodimlar 39 yoshli Ellison Onizuka va 36 yoshli Juitt Reznik hamda bort-muhandisi 41 yoshli Gregori Xarvislar bo‘lishgan. NASA yo‘lga qo‘ygan an’anaga muvofiq va ayniqsa, bortda o‘qituvchi Makoliff bo‘lgani uchun bu safargi parvoz ham juda ko‘p sonli tomoshabinlarni yig‘gan va omma orasida katta qiziqish uyg‘otgan edi.

    Start belgilangan 28-yanvarga o‘tar kechasi, tunda Kanaveralda harorat noldan past darajaga tushgan va Chellenjer bortida muz sumalaklar paydo bo‘lgan. Shu sababli dastavval tongga belgilangan parvoz vaqtini, havoning ilishi va muzlar erib, tushib ketishigacha kutish orqali yana bir muddatga kechiktirilgan. Tushga borib havo iligach, soat 11-00 atrofida, kosmik kemani qoplagan muz erib tushganidan keyin startni amalga oshirishga qaror qilingan va soat 11-38 da Chellenjer dvigatellarni ishga tushirib, kema joyidan qo‘zg‘algan.

    Parvozning 57-soniyasida boshqaruv markazidagilar radioaloqa orqali, barcha dvigatellar to‘liq quvvatda ishlayotgani va barcha tizimlar qoniqarli ish rejimida ishlayotganini xabar qilishgan. Ya’ni, bu paytda hali ekipaj bilan ovozli muloqot ham ishlab turgan. Ekipajdan ham hech qanday avariya signallari kelib tushmagan. Halokatning ilk belgilarini dastavval televizion kameralar qayd etgan. Parvozning 73-soniyasida ekranda osmondan tushib kelayotgan turli metall parchalaridan iborat narsalarning trayektoriyalari namoyon bo‘la boshlagan va xuddi shu lahzada Chellenjer halokatga yo‘liqqani haqida ilk xabar – navbatchi muhandisning “Kema portladi!” degan xitobi yangragan.

    Fojia yuz bergani o‘sha ondayoq hammaga ma’lum bo‘lgan. Chunki kemaning portlashidan hosil bo‘lgan quyuq oq tutun va kema parchalarining osmondan tushib kela boshlashi barcha kuzatuvchilar ko‘z o‘ngida, shundoqqina 15 km atrofidagi balandlikda sodir bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Fojia qayd etilgan videotasmalar sinchiklab o‘rganilganida kemaning portlashiga sabab start lahzasidayoq undagi qattiq yoqilg‘ili raketa tezlatkichlaridagi zichlovchi mexanizmlardan alanga chiqqani hamda kema qancha yuqori ko‘tarilgani sayin alanga kuchayib, suyuq yoqilg‘ili bak tomonga intilganini ko‘rsatgan. Yoqilg‘i bakida esa suyultirilgan vodorod va kislorod mavjud bo‘lib, alanga ushbu bakka yetib borgach, parvozning 73-soniyasida ushbu ikki gazning kuchli aralashmasining shiddatli otilib chiqishi va alanga olishi natijasida qattiq portlash sodir bo‘lgan. Natijada Chellenjer bir necha bo‘lakka bo‘linib ketgan va Florida yarim orolidan sharqroqqa, Atlantika okeaniga qulay boshlagan. Portlash va kema bo‘laklarining okeanga qulashi oqibatida, Chellenjer bortida bo‘lgan ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan. Astronavtlar o‘tirgan kabinaning suvga qulashi vaqtidagi yuklama 200 g, (odatiy Yer tortish kuchidan 200 barobar yuqori) darajaga yetgan va portlashdan omon qolganlar ham aynan shu yuklama sababli vafot etgan degan xulosaga kelingan.

    Fojia sabablarini o‘rganib chiqqan maxsus komissiya xulosasiga ko‘ra, halokatga sabab bo‘lgan eng asosiy narsa – bu qattiq yoqilg‘ili tezlatkichlardagi halqali zichlovchilarning nosozligi bo‘lgan deb topilgan. Ushbu nosozlik natijasida yetarli germetiklik ta’minlanmagan va oqibatda yonuvchan gazlar sizib chiqib, alangalanib ketgan.

    Chellenjer halokati AQSh jamoatchiligi orasida keskin rezonans bergan hamda Space Shuttle dasturini keyingi 32 oy muddatga to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan. Chellenjer bilan ro‘y bergan fojiadan keyingi shattl faqat 1988-yilga kelib amalga oshirildi va o‘shanda Atlantis shattli 4 kun davomida orbitada bo‘lib qaytdi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi

    28.01.2021, 00:12   Izoh (0)   55172
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Virgin Orbit kompaniyasi birinchi bor modifikatsiyalangan Boeing bortidan o‘zining raketa-tashuvchisini muvaffaqiyatli uchirdi

    19.01.2021, 09:32

    Koinotdagi eng qadimiy sayyoralardan biri aniqlandi

    16.01.2021, 20:56

    Kosmosdan Yerga 12 shisha fransuz vinosi “uchib keldi”

    16.01.2021, 08:56

    Suratkash Oyning “raqsi”ni namoyish etdi (video)

    12.01.2021, 18:46

    Marsning yangi orbital suratlari namoyish etildi

    07.01.2021, 08:44

    NASA Yerning 2020-yildagi eng yaxshi suratlarini e’lon qildi

    06.01.2021, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.