Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Bi Jey Penn (16-14-2) yana hibsga olindi.
UFC afsonasi Xonokaada (Gavayi orollari) mast holda avtomobil boshqargani uchun 23-yanvar kuni hibsga olingan. Bundan tashqari, yakkakurashchi avtomobil boshqaruviga o‘tirishdan avval mahalliy kafelardan birida o‘zini madaniyatsiz tutgani va muassasa xodimini baland ovozda haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Buni isbotlovchi videoyozuvlar politsiyaga taqdim etilgan. Unga jahlni boshqarishga yordam beruvchi kurslarga qatnashish majburiyati qo‘yiladi.
Politsiya hodisa tafsilotlari ma’lum bo‘lgunga qadar Penni garov evaziga ozod qilgan.
Eslatib o‘tamiz, MMA’dagi butun faoliyatini UFC’da o‘tkazgan Penn so‘nggi jangini 2019-yilning may oyida o‘tkazgan va unda Kley Gvidaga yutqazgandi. O‘shanda UFC’dagi ketma-ket yettinchi mag‘lubiyatini qayd etgan sportchi promoushendan chetlatilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)