Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar bergan.

Muhammadkaliy Abilgaziyev

Muhammadkaliy Abilgaziyev
Foto: Sputnik

Agentlik xabariga ko‘ra, sobiq amaldor 26-yanvar kuni so‘roqqa chaqirilgan va shu kunning o‘zida unga noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirganligi yuzasidan bildirishnoma berilgan. Bundan tashqari xabarda Abilgaziyev Kumtor oltin koniga oid ishga ham aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Abilgaziyev Qirg‘iziston hukumatini 2018-yildan 2020-yil iyun oyiga qadar boshqargan. O‘tgan yili 15-iyunda u o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo bergan edi.

2020-yil oktabr oyidagi norozilik namoyishlari vaqtida davlat rahbariyatidagi barcha amaldorlar o‘z vakolatlarini topshirishi va parlament saylovlaridan keyin Abilgaziyevga mamlakat hududini tark etish taqiqlab qo‘yildi.

Qirg‘iziston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati muayyan ish yuzasidan sudga qadar surishtiruv ishlari boshlanishidan avval sobiq mansabdorlarga bu kabi taqiqlarning qo‘yilishi me’yoriy holat ekanini ma’lum qilgandi.

Avval Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Abdil Segizbayev hibsga olingani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi