Portugaliya hukumati mamlakatda ahvol og‘irlashayotgani sababli COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Yevropa Ittifoqidan yordam olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: France 24

Portugaliya sog‘liqni saqlash vaziri Marta Temidoning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarni Yevropaning boshqa mamlakatlarga yuborish — YeIda kam uchraydigan holat emas. Ammo Portugaliyaning mamlakatning geografik jihatdan uzoqda, yarimorol chekkasida joylashgani muammoga aylanmoqda.

Vazirning ta’kidlashicha, pandemiya davrida mamlakatdagi barcha kasalxonalar kuchli bosim ostida qolyapti, tibbiyot xodimlari yetishmaydi. Shu sababli hukumat YeIga tibbiyot xodimlarini yuborishini so‘rab murojaat qilishi mumkin.

“Bizda bo‘sh koykalar yetarli. Biroq tibbiyot personali yetishmayapti, shu sababli shoshilinch tarzda xodimlar izlayapmiz”, — degan Temido.

Pandemiya boshidan buyon Portugaliyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 643 mingdan ortiq holat qayd etilib, kasallangan bemorlarning 10 mingdan ziyodi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avval Portugaliyada mahalliy vaqt bilan 24-yanvar 8:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00) prezident saylovlarida ovoz berish boshlangani, 25-yanvarda esa mamlakatning amaldagi prezidenti Marselu Rebelu de Souza saylovlarda g‘olib bo‘lgani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, 12-yanvarda Rebelu di Sozaning koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.