Disney+ striming xizmati yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan ba’zi multfilmlarni ko‘rishni “irqiy stereotiplar” sababli cheklab qo‘ydi, deb xabar berdi Daily Mail.

“Piter Pen” multfilmidan lavha.

Foto: Google Photos

Taqiqlangan multfilmlar ro‘yxatidan “Piter Pen”, “Aristokrat mushuklar” va “Shveysariyalik Robinzon oilasi” badiiy filmlari joy olgan. Kompaniya vakillari aniqlashicha, “Piter Pen”da (1953) mahalliy amerikaliklarning irqchilik qiyofasini ko‘rish mumkin, “Aristokrat mushuklar”da (1970) esa kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan personaj mavjud.

1941-yilda ishlangan “Dambo” multfilmidagi Jim ismli qarg‘a afro-amerikaliklarning karikaturasi hisoblangani uchun, “Shveysariyalik Robinzon oilasi” (1960) esa sariq va qora yuzli qaroqchi personajlari sababli tanqidga uchradi. Bolalar uchun mo‘jallangan filmlarni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni bir guruh tashqi ekspertlar qabul qildi. Ushbu cheklovlar kattalarga taalluqli emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Disney + tomoshabinlarni ba’zi multfilmlarda irqchilikni aks ettiruvchi g‘oyalar mavjudligi haqida ogohlantira boshlagan edi.