• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Chelsi” — o‘z tizimining asiri. Frenk Lempardga imkoniyat berilmagani haqida

    “Chelsi”dagi futbolchilik faoliyati davomida Frenk Lempard murabbiylarning iste’fosini yetarli darajada ko‘p marotaba ko‘rgan. Klub xo‘jayini Roman Abramovich murabbiylar bilan muddatidan oldin xayrlashish uchun naq 110 million funt sarflagan. Luis Felipe Skolariga tayinlanganidan yetti oy o‘tmay chiqish eshiklari ko‘rsatilgan bo‘lsa, Andre Villash-Boash “yangi Mourinyo” sifatida kelib, atigi 256 kundan so‘ng klub bilan xayrlashgandi. Roberto di Matteo esa klub uchun orziqib kutilgan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishning uddasidan chiqqandi, biroq olti oydan so‘ng u ham narsalarini yig‘ib, jamoa bilan xayrlashdi.

    Mavzuga doir: Rasman: “Chelsi” Frenk Lempardni iste’foga chiqardi

    Italiyalikning holati ko‘p narsadan dalolat beradi. Olti yil davomida klubda o‘ynagan va yevrokuboklarda g‘olib chiqqan odam ishdan bo‘shatilganidan so‘ng “Chelsi” rahbariyatiga an’ana, oila va boshqa jihatlar ahamiyatsiz ekani aniq bo‘ldi. Robertoga biroz ko‘proq vaqt berish va, ehtimol, go‘zal tarixga ega bo‘lish mumkin edi, ammo klub aniq prinsiplarni bayon qildi: natija birinchi o‘rinda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ayni paytda ham shu holat takrorlanmoqda. APLning so‘nggi 8 ta o‘yinida “Chelsi” bor-yo‘g‘i “Vest Hem” va “Fulhem” ustidan g‘alabaga erishdi, bu esa o‘z navbatida inqirozga o‘xshaydi. Ammo murabbiyni shunday lahzada ishdan bo‘shatish boshliqlarning ochko‘z ekanligini yana bir bor isbotladi: Lempard birinchi jiddiy to‘siqdayoq haydaldi, bunga asosiy sabablardan biri Chempionlar Ligasidan quruq qolish ehtimolidir.

    Frenk avval ham bularning barchasini boshdan kechirgan. 2014-yilda klubning eng yaxshi to‘purari bilan shartnoma imzolanmadi, ammo Lempard sustlashmadi va “Manchester Siti” bilan hamkorlikka kirishdi. Shu sababli “Chelsi”ga murabbiy sifatida qaytgach, Lempard o‘z nomi va afsonaviy o‘tmishi unga avvalgilardan ko‘ra ko‘proq “hayot” bermasligini tushunardi. Bu Sulsherning barqaror ish olib borishini kutishga tayyor bo‘lgan “Manchester Yunayted” emas.

    “Manchester Yunayted” ma’lum muddat sabr qildi va hozirda jadvalning eng yuqori qismida bormoqda, biroq “Chelsi” hamma narsaning hozir va shu yerda bo‘lishini xohlaydi. “Ko‘klar” muammoga duch kela boshlasa, hech kim murabbiyning istiqboli va salohiyati bilan qiziqib o‘tirmaydi, hatto gap Lempard singari odam haqida ketsa ham. Natijada jamoada har qanday mutaxassisni o‘z domiga tortib ketadigan girdob paydo bo‘ladi.

    Frenkning murabbiylik faoliyati uchun bunday o‘zgarish yaxshi tomondan ta’sir qilishi mumkin. Boisi hozirgi “Chelsi”da u hech qachon jarayonni to‘liq boshqarolmas edi. London klubida murabbiyning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega emas: u faqat futbolchilarni ruhlantirishi va ularga omad tilashi mumkin. The Athletic xabariga ko‘ra, 2020-yilning yozida amalga oshirilgan oltita transferdan Lempard faqat Ben Chilluelni (“Lester”) xohlagan ekan.

    So‘nggi vaqtlarda muxlislar va jurnalistlar Frenkni tanqid ostiga ola boshladi: klub 250 million funt sarfladi, ammo hech qanday natija yo‘q. Agar “Byornli”dan Jeyms Tarkovski va “Vest Hem”dan Deklan Rays “Chelsi”ga kelganida edi, Lempardga e’tiroz bildirsa bo‘lardi. Chunki yosh mutaxassis aynan ushbu futbolchilarni jamoada ko‘rishni istagandi. Ammo jamoa rahbariyatining boshqa rejalari bo‘lgan.

    2020/2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Lempard rahbariyatni chempionlik uchun kurashga umid qilmaslik haqida ogohlantirgandi. Axir, qimmatbaho xaridlarga joy ajratish uchun asosiy tarkibning yarmini o‘zgartirish lozim edi. Ma’lumki, hech bir murabbiy tezda bunday vazifani uddalay olmaydi. Yangi kelgan olti nafar futbolchidan beshtasi umuman boshqa chempionatlardan kelgani hisobga olinsa esa, vaziyat yana-da murakkabroqdek ko‘rinadi.

    Shuni unutmaslik kerakki, Lempard klubga transfer taqiqi qo‘yilgan vaqtda taklif qilingandi. Hech qanday kuchaytirishlarsiz u jamoani birinchi mavsumdayoq Chempionlar Ligasiga olib chiqa oldi. Frenk tarkibga ko‘plab klub tarbiyalanuvchilarini jalb qilib bordi va natijaga millionlab dollarlik sarmoyalarsiz ham erishish mumkinligini isbotladi. “Chelsi” pulga to‘la qop maqomidan abadiy qutulishi ham mumkin edi, ammo transfer taqiqi olib tashlanishi bilanoq hammasi o‘z joyiga qaytdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ehtimol, Lempard yangi kelganlarga qanday yondashish kerakligini topgan bo‘lardi ham, ammo “Chelsi” har doimgidek kutishni istamadi. Haverts ham, Verner ham hali yosh, ularga vaqt kerak. “Siz bizning yosh futbolchilardan mutlaqo barqaror bo‘lishni talab qila olmaysiz. Ular hali shu darajagacha o‘sadi, ammo hozircha ishlash kerak”, – degandi Frenk jamoani himoya qilgan holda.

    Lemparddan ikkinchi marta qadrdon klubidan ketish so‘raldi, ammo bu uni sindira olmaydi. Frenk yoshlar bilan ishlay olishini va har qanday darajadagi klubni boshqarishga qodirligini namoyish etib ulgurdi. Bir kun kelib u tom ma’nodagi murabbiylik erkinligini qo‘lga kiritadi va aslida nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib beradi. O‘sha paytgacha esa “Chelsi” yana ko‘plab murabbiylarni almashtirgan bo‘ladi – boisi ular boshqacha ishlashni bilmaydi.

    Boshqa maqolalar:

    • Lionel Messining hashamatli uyi, qimmatbaho mashinalari, shaxsiy samolyotlari, yaxtasi va oilasi haqida
    • Krishtianu Ronalduning hashamatli saroylari, qimmatbaho mashinalari, shaxsiy samolyot va biznes imperiyasi haqida
    • “Ikki yoshimda otamni otib tashlashgan”. Bolaligida hojatxona tozalagan, hozir esa yiliga 15 mln yevro maosh olayotgan Rahim Sterling haqida
    • Apennin yarimoroli javohirlari. Italiyaning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari haqida

    26.01.2021, 16:00   Izoh (0)   13001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karim Benzema faoliyatini qaysi klubda yakunlaydi? Futbolchining agenti javob berdi

    26.01.2021, 15:02

    Mahmud Murodov UFC 257 musobaqasida promoushen prezidenti Deyna Uaytga nima degani ma’lum bo‘ldi

    26.01.2021, 13:36

    “Hech qanday loyiha mavjud emas. G‘alaba kerak yoki seni ishdan olishadi”. Mourinyo va Gvardiola Lempardning iste’fosi haqida

    26.01.2021, 13:01

    “Barselona”da og‘ir damlar: Kataloniya klubining qarzlari 1,2 mlrd yevroga yetdi

    26.01.2021, 12:00

    Mahmud Murodov: O‘zbekistonda UFC musobaqasi o‘tkazilsa, tekinga jang qilishga ham tayyorman

    26.01.2021, 11:39

    Angliya Kubogi. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda quyi liga jamoasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi

    26.01.2021, 08:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.