Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadaning Toronto shahri markazida g‘aroyib olmaxon videoga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lum qilinishicha, shaharning markaziy tumanlaridan birida yashovchi Andrea Daymon uyining orqa hovlisida yurgan olmaxonga ko‘zi tushgan. Hayvon uy bekasining shiypon yaqinida qoldirib ketgan, sabzavotlarni artish uchun mo‘ljallangan pichog‘ini ko‘tarib olgan. U buyumni bir muddat qo‘lida aylantirgan, g‘ajigan va shundan keyin tashlab yuborgan.

https://twitter.com/asdiamond/status/1346842617355636754

Olmaxon ikkinchi marta paydo bo‘lganida ham pichoq bilan qiziqqan, deyiladi xabarda. Andrea tomonidan Twitter’ga joylangan olmaxon aks etgan video deyarli 300 ming marta tomosha qilingan.

Avvalroq Nyu-Yorkning Rigo-Park dahasidagi kulrang olmaxonlar kutilmaganda odamlarda hujum qilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi