Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 23-yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Manchester Siti” FK

Foto: “Manchester Siti” FK

“Manchester Siti” safarda “Cheltenhem”ga qarshi bahs olib bordi. Avvaliga maydon egalari 59-daqiqada oldinga o‘tib oldi. Bunga “shaharliklar” so‘nggi o‘n daqiqalikda uchta gol bilan javob qaytardi.

Fil Foden, Gabriel Jezus va Ferran Torresning gollari “Manchester Siti”ni keyingi bosqichga olib chiqdi. Keyingi bosqichda Pep Gvardiola jamoasi “Suonsi” bilan o‘ynaydi

Shuningdek. “Vest Hem”, “Sheffild Yunayted” va “Brayton” kuyi liga jamoalarini mag‘lub etgan holda 1/8 finalga chiqdi.

Angliya Kubogi

1/16 final bahslari

23-yanvar, shanba

“Cheltenhem” — “Manchester Siti” 1:3

Gollar: 1:0 – 59 Mey, 1:1 – 81 Foden, 1:2 – 84 Gabriel Jezus, 1:3 – 90 Ferran Torres.

“Cheltenhem”: Griffits, Tozer, Reglen, Boyl, Fristoun, Tomas, Bler, Klements (Addai, 89), Azaz (Uilyams, 81), Mey, Lloyd (Long, 69).

“Manchester Siti”: Steffen, Erik Garsiya, Mendi (Joau Kanselu, 77), Harvud-Bellis (Ruben Diash, 68), Lyaport, Foden, Fernandinyo, Ferran Torres, Doyl (Gundo‘g‘an, 68), Mahrez, Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Boyl (24), Reglen (48), Lyaport (60), Tozer (84).

“Milluoll” — “Bristol Siti” 0:3

Gollar: 0:1 – 32, penalti Dediu, 0:2 – 58 Uells, 0:3 – 72 Semenyo.

“Vest Hem” — “Donkaster” 4:0

Gollar: 1:0 – 2 Fornals, 2:0 – 32 Yarmolenko, 3:0 – 53, avtogol Batler, 4:0 – 78 Afolayyan.

“Sheffild Yunayted” — “Plimut” 2:1

Gollar: 1:0 – 39 Bashem, 2:0 – 47 Sharp, 2:1 – 75 Kamara.

“Brayton” — “Blekpul” 2:1

Gollar: 1:0 – 27 Bissuma, 1:1 – 45 Medin, 2:1 – 58 Alsate.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi