Madaniyat va san’at sohasidagi 170 dan ortiq davlat obyekti faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi, deya xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, “Madaniyat va san’at sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan 172 ta davlat mulki obyektining ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga asosan, madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari va boshqalarni o‘z ichiga olgan obyektlar o‘z faoliyat turlarini saqlab qolish sharti bilan o‘tkaziladi.
Tashabbuskorlarga madaniyat va san’at sohasiga yaqin bo‘lgan:
- xizmat ko‘rsatish;
- kichik ishlab chiqarish;
- savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Avvalroq Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida madaniyat obyektlari hokimlik tomonidan sotib yuborilgani haqida aytgan edi.
Izoh (0)