• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Elchining qizi” serialining barcha aktyorlari haqida: shaxsiy hayot, karyera va qiziqarli ma’lumotlar (foto)

    “Elchining qizi” nafaqat Turkiyada, balki butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarning sevimli serialiga aylandi. Serial yulduzlarining yoshligi, qanday hayot kechirishi, oilaviy munosabatlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

    Engin Akyurek – Sanjar

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Serialning bosh qahramoni Sanjar –Engin Akyurek 1981-yilda tug‘ilgan. Uning bolaligi Anqarada o‘tgan. Maktabdan keyin Engin Anqara davlat universitetining ikki – tarix va tilshunoslik fakultetiga o‘qishga kirgan. U yerda aktyorlikka qiziqish paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng drama studiyasida o‘qishni boshlab, havaskorlar teatrida rollar ijro etgan. Universitetni tamomlagach, “Turkiya yulduzlari” teleshousida ishtirok etishga qaror qilgan. Aktyorning debyut filmi “Chet ellik kuyov” filmi bo‘ldi.

    U keyinchalik “Aybsiz aybdor”, “Eylulning kichik muammosi”, “Nopok pul, yolg‘on sevgi” filmlarida rol ijro etgan. 2015-yilda “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan, shundan so‘ng aktyor ikki yil davomida ekranlarda ko‘rinmay qolgan. Oradan vaqt o‘tib, u yana faoliyatini davom ettirdi.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    “Elchining qizi” serialida Engin Sanjar ismli qahramon obrazida namoyon bo‘lgan. Shaxsiy hayotida bir necha ishqiy munosabatlar haqida mish-mishlar quloqqa chalingan bo‘lsa-da, ularning hech biri tasdiqlanmagan.

    Engin Istanbulning eng sokin maskanida yashaydi. U film va seriallarda rol ijro etish bilan band. Ammo boshqalar kabi ijtimoiy tarmoqlarda faol emas, shuningdek, kamdan kam hollarda ijtimoiy tadbirlarda paydo bo‘ladi.

    Neslihan Atagul – Nare

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Aktrisa Istanbulda tug‘ilib o‘sgan. Uning otasi haydovchi, onasi esa butun hayoti davomida uy bekasi bo‘lgan. Neslihan yoshligidanoq tashqi qiyofasi haqida maqtovlar eshitib kelgan, shuning uchun ham uning onasi Neslihanni modellik karyerasini qurishda yordam berishga qaror qilgan. 8 yoshida Neslihan o‘zining birinchi reklama roligida, 14 yoshida esa filmda rol ijro etgan. Uning ilk filmi “Birinchi muhabbat” romantik komediyasi bo‘lib, kinofestivalda g‘olib bo‘lgan. Maktabni tugatganidan so‘ng Neslihan teatr institutiga o‘qishga kirgan. Bugungi kunda u ishtirok etgan 10 dan ortiq reytingi yuqori loyihalari mavjud.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    “Elchining qizi” serialida Nare roli uchun butun dunyo tomoshabinlari aktrisaning tom ma’noda muxlisiga aylandi. Neslihan hamkasbi Kadir Dogulu bilan 2016-yilda turmush qurgan.

    Uraz Kaygilarog‘lu – Gediz

    Aktyorning yoshligi Istanbulda o‘tgan. Uraz 4 yoshligida otasidan ayrilgan. Shuning uchun u yolg‘iz onasi bilan yashagan. Uraz o‘z debyutini 2008-yilda o‘tkazgan. O‘sha yildan boshlab u aktyorlik faoliyatini boshlangan. U 15 dan ortiq filmlarda, shuningdek, o‘zini teleboshlovchi va model sifatida ham sinab ko‘rgan.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Uraz “Egey dengizining baliqlari” serialidagi ishtirokidan so‘ng mashhurlikka erishdi. 2019-yilda u “Elchining qizi” serialida aktyorlar tarkibiga qo‘shildi va kartinada Gediz rolini mahorat bilan ijro etdi. Uraz ham asosiy rollarni ijro etmasada, muxlislari yetarlicha. Urazning shaxsiy hayoti haqida qiziquvchilar ko‘p. Aktyor Melis Ishiten bilan turmush qurib, Ada ismli qiz farzand ko‘rgan. Lekin 2019-yil oilasi bilan ajrashgan. Hozirda ular ajrashib ketganiga qaramay, do‘stona munosabatni saqlab qolgan.

    Gonja Jilasun – Xalisefe

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Aktrisa 1966-yilda Istanbulda tug‘ilgan. Maktabni tugatgach, tarix fakultetiga o‘qishga kirgan, shu bilan birga, geografiyani o‘qigan. Shundan so‘ng Gonja Til kafedrasida oliy bakalavrni davom ettirgan va u yerda sahna nutqi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirgan. U o‘zining professional aktyorlik faoliyatini 40 yoshdan keyin boshlagan.

    Garchi u filmlarda ikkinchi darajali rollarni ijro etsada, talaygina muxlislar orttirgan. Aktrisa uzoq vaqtdan buyon Engin Xizarji bilan bir oila bo‘lib yashab kelmoqda. Ayol karyerasining eng yuqori cho‘qqisida va hozircha nafaqaga chiqmoqchi emas.

    Erxan Alpay – Akin

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Aktyor 1985-yilda Istanbulda dunyoga kelgan. Maktabni tugatgach, Istanbul universiteti davlat konservatoriyasining pantomima fakultetiga o‘qishga kirgan. Erxan birinchi marta ekranga 2011-yilda chiqqan. Aktyor “Muhabbat iztirobi” filmida Xakan roli bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu kartina bilan u seriallardagi karyerasini boshlagan. Hozirda esa eng yuqori reytingga ega bo‘lib turgan “Elchinig qizi” serialida rol ijro etmoqda.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Shuningdek, aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ham ancha faol. U shaxsiy hayotini omma bilan baham ko‘rishni va obunachilari bilan suhbat qurishni yaxshi ko‘radi. Aktyor Arzu Yaman ismli qizga ko‘ngil qo‘ygani ham ma’lum.

    Tulin Yazkan – Menekshe

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Istanbulda tug‘ilib o‘sgan Tulin yoshligidanoq san’atga qiziqqan. U maktab teatrining spektakllarida qatnashgan, mustaqil ravishda ssenariylar yozgan. Maktabni tugatganidan so‘ng Tulin Beykent universitetining haykaltaroshlik fakultetiga o‘qishga kirgan. Shu bilan birga jurnalistika va nemis tillarida tahsil olgan. Aktrisaga 2016-yilda namoyish etilgan “Bodrum ertagi” teleseriali mashhurlik keltirgan. Shundan buyon aktrisa birin-ketin bir necha kartinalarda suratga tushib kelmoda.

    Aktrisa “Elchining qizi” serialida Sanjarga oshiq bo‘lgan Menekshe ismli qiz rolini ijro etadi. Uning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech narsa ma’lum emas. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Engin va Tulin orasida ishqiy munosabat bo‘lgan, ammo yoshlarning o‘zi ushbu ma’lumotga hech qanday izoh bermagan.

    Dogukan Polat – Yaxyo

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Aktyor Istanbulda oddiy oilada tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Anadolu universitetining sotsiologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘qish paytida Dogukan bu samarasiz kasb ekanini tushundi va aktyorlik haqida qo‘shimcha ma’lumot olishga qaror qilgan. U 2009-yildan aktyorlik faoliyatini boshlagan. Aktyor shaxsiy hayoti tafsilotlari bilan bo‘lishishni yoqtirmaydi. Faqatgina uning oila qurmagani ma’lum, xolos.

    Mavzuga doir:

    • Neslihan Atagul ortidan “Elchining qizi”ni Gediz — Uraz Kaygilarog‘lu ham tark etadi
    • “Elchining qizi”da Neslihan Atagul o‘rniga Tuba Buyukustun suratga tushadi
    • Neslihan Atagul “Elchining qizi” serialini tark etdi
    • “Elchining qizi” seriali yulduzi Engin Akyurekning tug‘ilgan kuniga muxlislari tomonidan noodatiy syurpriz tayyorlandi (foto)
    • “Elchining qizi” serialidagi hamkasbiga oshiq bo‘lgan Engin Akyurek haqida faktlar

    23.01.2021, 13:42   Izoh (0)   69909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yulduz Usmonova Dubayda klip suratga oldirmoqda, Bahora Arslonova ilk marta ona bo‘ldi. Instagram yangiliklari

    22.01.2021, 22:57

    Foto: Mashhur film qahramonlari Disney personajlariga aylantirilsa, qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

    22.01.2021, 20:58

    Jahongir Otajonov Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, O‘zbekistondagi eng qoloq tuman hokimligi lavozimini so‘radi (video)

    22.01.2021, 19:20

    Mehrga to‘la qalb egalari: Bollivudning xayriya bilan shug‘ullanadigan yulduzlari (foto)

    22.01.2021, 10:59

    Instagram: Lolaning “super tarbiyasiz” farzandlari, Rayhon — qoidabuzar, Jahongir Otajonov — qiziqchi

    21.01.2021, 22:56

    O‘tgan yillarning husnga ta’siri: Avvalgi go‘zalligidan asar ham qolmagan Bollivud aktrisalari

    21.01.2021, 21:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.