Angren shahar prokuraturasi tomonidan “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasidagi portlash oqibatida uch kishi vafot etkani yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

“Gazeta.uz”ning Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni soat 11:42 da “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan, portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgan edi. Energetika vazirligi ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgan.