Ko‘p miqdorda qor yog‘gani sababli Taxtaqoracha dovoni yopildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi bois dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Dovondagi vaziyat yaxshilanganidan so‘ng transport harakati tiklanishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida 22-yanvar kuni qor bo‘roni kuzatilyapti. YHXB va yo‘lga mas’ul xodimlar tomonidan yo‘lni qordan tozalash ishlariga maxsus texnikalar jalb etilgani to‘g‘risida xabar berildi.
IIV YHXBB Qamchiq dovonida qor yog‘ayotgani sabab haydovchilarni zarurat bo‘lmasa, kechki payt yo‘lga chiqmaslikka chaqirdi.
Bundan tashqari, qor va kuchli shamol Andijon va Xorazm viloyatlarining bir qator tumanlarini chiroqsiz qoldirgan.
Izoh (0)