Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempionati Konor Makgregorga qarshi bir necha million dollarlik da’vo ishi qo‘zg‘atildi.
Arizachi ayol tomonidan Konor 2018-yil Dublinda jinsiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda. Ayol bu ish tufayli yo‘qotgan maoshi, Dublindagi uyini sotishga majbur bo‘lgani va yangi uy olgani, shuningdek, tibbiy muolajalarga ketgan xarajatlar uchun 1,79—2,13 million dollar miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.
Yakkakurashchining yuristi Karen Kesslerning so‘zlariga ko‘ra, Konordan barcha ayblovlar olib tashlangan. Uning aytishicha, arizada ko‘rsatilgan faktlar asl voqelikdan yiroqda va Konor barcha ayblovlarni rad etadi.
Konor 2020-yilning sentabr oyida jinsiy zo‘ravonlik va axloqsiz harakatlarni amalga oshirishda gumon aylanib hibsga olingandi.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor 24-yanvar tongida Abu-Dabida Dastin Poryega qarshi jang qiladi.
Mavzuga doir:
- “Mendan bir tiyin ham olisholmaydi”. Konor Makgregor o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar haqida
- Konor Makgregor: “Revanshga rozi bo‘lish uchun Habibda jasorat bo‘lishi kerak, bu esa unda yo‘q”
- Ulg‘aygani, Dastin Porye bilan jangga tayyorgarlik jarayonlari, chempionlik kamari va Habib Nurmagomedov haqida Konor Makgregor intervyusi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)