Ukrainaning Xarkov shahrida 21-yanvar kuni qariyalar uyi yonib ketdi, deya xabar berdi Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatiga tayanib “Korrespondent.net”.
“21-yanvar kuni soat 15:03 da Xarkov shahri Nijnyaya Giivska ko‘chasidagi qariyalar uyiga aylantirilgan ikki qavatli turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Mahalliy vaqt bilan soat 16:05 gacha yong‘in sodir bo‘lgan joyda 15 kishining jasadi topildi. 5 kishi jarohat olgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Yong‘inning umumiy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qildi. Uni o‘chirishga 28 ta shaxsiy tarkib va 7 ta texnika jalb qilingan.
Hodisa davlat miqyosidagi favqulodda holat deb tasniflandi.
Avvalroq “Yangi Angren” IESda portlash yuz berishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani, Samarqandda hali qurib bitkazilmagan xonadonda portlash sodir bo‘lgani hamda Angliyada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida o‘nlab million dollar turadigan 70 ta noyob avtomobil kulga aylangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)