Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da 20-yanvar, chorshanba kuni UFC Fight Island 8 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi Maykl Kyeza va Nil Magni o‘rtasida kechdi. Unda Kyeza hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.
Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarruh Adashev (3-3) promoshendagi ikkinchi jangini o‘tkazdi va unda xitoylik Su Mudaerjiga (14-4) yutqazib qo‘ydi.
UFC’da debyut qilgan Umar Nurmagomedov esa ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, qozog‘istonlik Sergey Morozovni taslim etdi.
UFC Fight Island 8 musobaqasi janglarini bu yerda ko‘rish mumkin — VIDEO.
Asosiy kard natijalari bilan tanishing:
- Maykl Kyeza (18-4) ochkolar hisobga Nil Magnidan (24-8) ustun keldi;
- Vorli Alves (14-4) birinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Munir Lassesni (10-2) yengdi;
- Ike Villanueva (18-11) ikkinchi raundda Vinisius Moreyrani (9-5) nokautga uchratdi;
- Viviane Arauju (10-2) ochkolar hisobiga Roksanna Modafferini (25-18) mag‘lub etdi;
- Mett Shnell (15-5) hakamlar qaroriga ko‘ra Tayson Nemdan (20-12-1) ustun keldi;
- Leron Myorfi (10-0) ochkolar hisobiga Duglas Silva di Andradidan (23-4) ustun keldi;
- Omari Ahmedov (20-4-1) ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab Tom Brizni (12-3) dog‘da qoldirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)