• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kosonsoyning avtobusda yongan 8 o‘g‘loni, xorijga ish izlab ketgan omon qolganlar. Aqto‘be fojiasiga 3 yil to‘ldi

    Bundan roppa-rosa uch yil avval — 2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaning Qozon shahriga 54 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirini olib ketayotgan avtobus yonib ketgandi.

    Foto: “Daryo”

    Fojiada eng ko‘p Namangan viloyati o‘z farzandlarini yo‘qotgan — 31 kishi. Ulardan 20 nafari To‘raqo‘rg‘on tumanidan, 8 nafari Kosonsoydan va 3 nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Kosonsoy tumanining Chindovul qishlog‘ida bo‘lib qaytdi.

    Foto: “Daryo”

    “Halok bo‘lgan hamqishloqlarimiz orasida uylanmagan bo‘z yigit ham bor edi”

    Sohiba Ja’farova, “Shirinbuloq” MFY raisining o‘rinbosari:

    Foto: “Daryo”

    — Chindovul Kosonsoyning qadim va katta qishloqlaridan. Uchta mahalla — “Chindovul”, “Shirinbuloq” va “Uchqo‘rg‘on” mahallalariga bo‘lingan. Aqto‘beda halok bo‘lganlarning 4 nafari “Shirinbuloq”, 3 nafari “Uchqo‘rg‘on”, bir nafari esa “Chindovul” mahallasidan edi.

    Ularning eng kattasi o‘sha paytda 42, eng yoshi esa 20 yoshda bo‘lgan. 7 nafari oilali, biri esa hali uylanmagan bo‘z yigit edi.

    Ularning hammasi oilaparvar yigitlar edi, qishning qahraton kunida uyim-joyim, bolam-chaqam deb avtobusda yo‘lga chiqqandi. Shulardan biri — qo‘shnim Ibrohimjon Hamroyev. To‘y qilaman, deb yo‘lga chiqqan. 4 nafar farzandi otasiz qoldi, ayoli yolg‘iz o‘zi ikki qizini turmushga uzatdi.

    Halok bo‘lganlardan Vohidxon Imomadiyevning turmush o‘rtog‘i 3 nafar go‘dagi bilan 27 yoshida beva bo‘lib qoldi. Turmush o‘rtog‘i oilada yagona o‘g‘il farzand bo‘lgan. Hozirda ayol ota-onasining qaramog‘ida yashayapti, chevarchilik bilan shug‘ullanadi.

    Har yili 18-yanvar sanasida mahalla raisi, oqsoqollar bilan halok bo‘lganlarning xonadonlarini yo‘qlaymiz, duo-fotiha qilinadi, imkon qadar yordam ko‘rsatishga urinamiz. Lekin o‘lganlarni ortga qaytarib bo‘lmas ekan-da...

    “Sarpo-suriqqa pul ishlash ilinjida qishda yo‘lga otlangandi”

    Foto: “Daryo”

    Zarifa Qosimova, marhum Vohidxon Imomadiyevning turmush o‘rtog‘i:

    — 2009-yilda oila qurgan edik, turmush o‘rtog‘im juda yaxshi, mehribon inson edi. Qisqa bo‘lsa ham, baxtli hayot kechirdik. 2010-yili katta o‘g‘lim Bilolxon dunyoga keldi. Sekin-asta farzandlarimiz 3 nafar bo‘ldi. Shularni yaxshi yediray-ichiray, kiyintiray deb tinmasdi. Asosiy daromadni chetda ishlab topar edi. “Farzandlarimni o‘qimishli qilaman, menga o‘xshab o‘zga yurtlarda qiynalmasin” derdi. Bolalarimning kelajagini yarataman, deb ko‘p mehnat qilardi.

    Odatda erta bahorda ketib, kuzda qaytar edi. O‘sha yili qaynsinglimni uzatadigan bo‘ldik. Sarpo-suriqqa pul ishlash ilinjida qishda yo‘lga otlangandi...

    Issiq kunlarda chok tikaman, lekin qishda yaramayman, sog‘lig‘im ko‘tarmaydi. Nasib etsa, bolalarimni o‘qitaman, dadasi orzu qilganday o‘qimishli bo‘lishadi, katta o‘g‘lim harbiy bo‘lishni istaydi. Shu o‘g‘lim erta ulg‘ayib qolganday, otasidan ayrilganiga g‘am yoshligini olib qo‘yganday. Qizim Gavharxon vrach bo‘lishni niyat qiladi, kenjam Islomxon ham doktor bo‘laman deydi.

    Ko‘chaga chiqqim kelmay qolgan, xuddi hamma achinib qarayotganday bo‘ladi. Shu yildan sal ko‘nikdim, vaqt ham o‘taverar ekan. Nailoj, bolalarimning kelajagi uchun ham barcha qiyinchiliklarga sabr qilaman.

    “Qizim 27 yoshida beva bo‘lib qoldi”

    Foto: “Daryo”

    Zulfiya Mahmudova, marhum Vohidxon Imomadiyevning qaynonasi:

    — O‘sha mudhish voqeadan beri har yili 10-yanvardan keyin kuyovim tushimga kiradi. Dard bir umr ichingizdan chiqib ketmas ekan, bolalar, qizimning mungli ko‘zlariga qaraganim sari yodimga tushaveradi. Kuyovimning kulib turgan siymosi yodimdan ketmaydi. Qizim o‘sha payt misoli bir gul edi, 27 yoshida beva bo‘lib qoldi. Qizimni g‘am kamgap qilib qo‘ydi. Qabriga olib borib turaman bolalarini, lekin baribir otasini qo‘msaydi.

    Men o‘zim ikkinchi guruh nogironiman, niyatim shu qizimni ko‘zim ochiqligida uy-joyli qilish. Iddasi chiqmay uyga olib keldik, hozir qaramog‘imizda, lekin har kimning ham o‘z uyi bo‘lgani yaxshi. Ikki o‘g‘lim bor, ular ham singlisiga ko‘maklashib turibdi.

    Ko‘p o‘ylayman, ertaga bularning kelajagi nima bo‘ladi deb. Mahallaga chiqib imtiyozli uylarga harakat qildik, viloyatdan kelgan vakil ro‘yxatga olib, navbatga olib qo‘yishdi. Ajab emas, uy-joyli bo‘lib qolsa...

    Aqto‘beda omon qolganlar esa hamon xorijda

    Aqto‘be fojiasida mo‘jiza tufayli omon qolgan ikki o‘zbekistonlik — Ahror Isoqov va Isroil Mirzaahmedov ham aynan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan. Ular bilan o‘tgan gal suhbatlashganimizda biri Rossiya, yana biri esa Qozog‘istonda edi.

    Ahror Isoqov.

    Ahror Isoqov.
    Foto: “Daryo”

    — Hozir Sankt-Peterburgdaman, qurilish firmasida brigadirman. Uch-to‘rtta obyektni olganmiz, shularni bitirish bilan bandmiz. Safimizda Namangandan, jumladan, o‘zimning mahallam va qo‘shni qishloqlardan ham yigitlar bor. Sharoitlardan nolimaymiz, topish-tutishimiz yaxshi. O‘tgan yil oktabr oyida oilamni ham olib keldim, turmush o‘rtog‘im va o‘g‘ilcham men bilan. Aqto‘bedagi falokatdan sog‘-omon chiqqanimga shukr qilaman, lekin hozir ishlab o‘zimni tiklaydigan paytim, mehnatdan qochmayman. Buyog‘i peshonada borini ko‘raveramiz, — deydi Ahror Isoqov.

    Foto: “Daryo”

    Isroil Mirzaahmedov ham Rossiyada, Amursk viloyatida ekan. O‘zining aytishicha, Qozog‘istondan qaytib, 5 oy chamasi To‘raqo‘rg‘onda, uyda bo‘lgan, keyin esa Uzoq Sharqqa qarab yo‘l olgan.

    Isroil Mirzaahmedov.

    Isroil Mirzaahmedov.
    Foto: “Daryo”

    — O‘tgan yil noyabr oyida Rossiyaga keldim. Qarzga mashina olgandim, kirakashlik qilib, uzib yubormoqchi bo‘ldim, o‘xshamadi. Qolaversa, uydan kreditim bor, unga 1 million so‘m chamasi to‘lashim kerak. Xullas, yana chetga chiqishga qaror qildim. Qurilish sohasida ishlayapman, bu yerlar juda sovuq ekanligini hisobga olmasa, nolimasa ham bo‘laveradi. Lekin havosi yoqmayapti, ikki kunning birida tobim qochib qolyapti, — deydi Isroil Mirzaahmedov.

    “Unda uyga, O‘zbekistonga qaytavermaysizmi?” degan savolga Isroil “Uyga hali biroz ertada, aka” deya qisqa javob qildi...

    Mavzuga doir:

    • Aqto‘bedagi fojiada omon qolgan o‘zbeklar: Tergovchilarga borini aytib bo‘lganmiz!
    • “Ilojsizlikdan shu yerlarda ishlayapmiz”. Aqto‘be fojiasidan omon qolgan ikki o‘zbekistonlik ish izlab yana xorijga ketdi

    18.01.2021, 15:16   Izoh (0)   51496
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mehnat ta’tili bahor fasliga ko‘chirildi

    18.01.2021, 14:29

    O‘zbekistonga Pfizer va BioNTech kompaniyalarining 100 ming doza vaksinasi keltiriladi

    18.01.2021, 14:05

    Vatikanning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    18.01.2021, 13:23

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 19-yanvar kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    18.01.2021, 13:08

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 500 so‘mdan oshdi

    18.01.2021, 12:33

    Otxona devorlarini buzayotganda miltiq topib olgan dehqonobodlik fuqaro qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirdi

    18.01.2021, 12:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.