Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov respublika bo‘yicha pedagogik stavka va haqiqiy o‘qituvchilar farqini taqqoslaganda 80 mingdan ziyod ortiqcha ishlab turgan o‘qituvchilar borligini aytgandi. Vazir ushbu ma’lumotga aniqlik kiritdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uning aytishicha, maktablarda aynan malakali o‘qituvchilarga talab juda yuqori. Lekin atigi 3 foiz o‘qituvchi oliy toifaga, 11 foiz esa birinchi toifaga ega, ya’ni umumiy 14 foiz o‘qituvchini yashil kategoriyaga ajratsa bo‘ladi. Qizil kategoriyadagi maktablarga borilsa, aksariyatida umuman oliy toifali o‘qituvchi yo‘q ekani ko‘rinadi. Aksincha, yashil kategoriyadagi maktablarda oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ham nisbatan ko‘proq bo‘lib chiqyapti.

“Endi, quyiroqdagi grafikka e’tibor bersangiz, yashil kategoriyali o‘qituvchilar pedstavkaga nisbatan ko‘p emas, aksincha joylarda ularga talab juda yuqori. Qizil kategoriyadagi, ya’ni toifasiz o‘qituvchilar orasida va umuman oliy ta’limda o‘qimagan o‘qituvchilar orasida aynan bir o‘qituvchi o‘rnida bir necha o‘qituvchi ishlayotgani grafikdan yaqqol ko‘rinadi. Buning natijasida ularning haqiqatda olayotgan oyligi ham anchagina kamayadi. Ushbu qizil kategoriyadagi o‘qituvchilar umumiy o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. 80 ming o‘qituvchi ko‘proq deyilgani ham aynan ushbu qizil kategoriyadagi o‘qituvchilar orasidadir”, — deydi Sherzod Shermatov.

Foto: XTV matbuot xizmati

Foto: XTV matbuot xizmati

Shu sababli, XTV rahbari qizil kategoriyadagi o‘qituvchilardan ko‘proq o‘z ustida ishlab, o‘z fanlarini chuqurroq o‘rganib, navbatdan tashqari malaka toifa imtihonlaridan o‘tib, o‘z toifalarini oshirishlarini so‘ragan.

“Shu orqali ularning oylik maoshlari ham oshadi. Toifasiz o‘qituvchi va oliy toifali o‘qituvchi oyligi orasidagi farq ham anchagina, shuningdek, xabaringiz bor yuqori toifali o‘qituvchidan soat ortib qolsagina pastroq toifa o‘qituvchiga beriladigan tartib joriy etilmoqda. Bu esa malakali o‘qituvchining oyligi yana oshishiga yordam beradi. Bundan buyog‘iga ham oylik oshirish bo‘yicha siyosat yuqori malakali o‘qituvchi bilan toifasiz o‘qituvchi oyligi orasidagi farqni oshirishga qaratiladi.

O‘qituvchi boshqa tumanga ishlash uchun borganiga 50 foiz, boshqa viloyatga borganiga esa 100 foiz qo‘shimcha to‘lanishi ham faqat oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarga taalluqli bo‘lgani ham bunday o‘qituvchilarimiz o‘z ustilarida ishlashlari uchun qo‘shimcha stimul bo‘ladi deb umid qilamiz”, — deb ta’kidlagan vazir.

Sherzod Shermatov oliy va birinchi toifani Xalq ta’limi vazirligi bermasligini, toifa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi alohida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi imtihonlari asosida berilishini eslatib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)